Flik: “Bizni qiyin bahs kutmoqda”
23 sen 2020 21:40
Yangiliklar


Flik: “Bizni qiyin bahs kutmoqda”
UEFA Superkubogi-2020 doirasida “Sevilya”ga qarshi o'yin oldidan “Bavariya” ustozi Xans Diter Flik o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Sevilya” – Evropa Ligasi g'olibi. Ular haqli tarzda Superkubok uchun bahsda ishtirok etishadi. Bizni qiyin uchrashuv kutmoqda. Biz uchun muhim bo'lgan kubokni yutishni xohlasak, eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz zarur.
Kuboklar haqida fikr bildirish uchun katta tajribam yo'q, ammo biz uchun bu top musobaqa. Ertaga bizga qarshi “Sevilya” o'ynaydi va umid qilamanki, “Bavariya” shiddat bilan intensiv harakat qiladi va eng yaxshi jihatlarimizni namoyish etadi”, deydi Flik.
Eslatib o'tamiz, “Bavariya” - “Sevilya” o'rtasidagi bellashuv Toshkent vaqti bilan 25 sentyabrga o'tar kechasi, soat 00:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar