Flik Birxoff ortidan Germaniya terma jamoasini tark etishi mumkin
07 dek 2022 13:59
Yangiliklar
Flik Birxoff ortidan Germaniya terma jamoasini tark etishi mumkin
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning yaqin orada o'z lavozimidan ketish ehtimoli katta.
"Spox" xabariga ko'ra, 57 yoshli germaniyalik murabbiy terma jamoasi JCH-2022da guruh bosqichida qolib ketganidan so'ng do'sti Oliver Birxoffning Bundestim menejeri lavozimini tark etganidan hayratda. SHundan so'ng Flik ham ketish haqida o'ylab qoldi.
Mutaxassisning jamoa bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan, biroq Flik shartnomani bekor qilishi mumkin. Malumotlarga qaraganda, uning o'rnini Tomas Tuxel egallaydi.
Qatardagi Jahon chempionatida nemislar guruhdan chiqa olishmadi. Flik jamoasi Yaponiyaga yutqazib (1:2), Ispaniya bilan durang o'ynadi (1:1) va Kosta-Rikani mag'lub etdi (4:2).
Fikrlar