Flik "Bavariya"ga qaytishi mumkin?!
21 apr 2024 19:57
Yangiliklar
Flik "Bavariya"ga qaytishi mumkin?!
Germaniyalik murabbiy Xans-Diter Flik "Bavariya"ga qaytishga tayyor.
Jurnalistlar Patrik SHtrasser va Maksimilian Koxning xabariga ko'ra, mutaxassis "Bavariya"ning faxriy prezidenti Uli Xyoness bilan yarashdi va klubga qaytishga tayyor.
59 yoshli Flik 2021 yilda "Bavariya" bosh murabbiyligidan ketgandi. OAVga ko'ra, bunga sabablardan biri klub rahbariyati bilan transferlar borasidagi kelishmovchiliklar bo'lgan.
Jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Tomas Tuxel mavsum so'nggida klubdan ketadi.
Oldinroq, "Barselona" ham nemisni yozda kataloniyaliklarni tark etadigan Xaviga o'rinbosar sifatida ko'rib chiqayotgani aytilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar