Flik: “Bavariya”dagi ishim menga zavq bag'ishlayapti”
24 noy 2019 09:24
Yangiliklar


Flik: “Bavariya”dagi ishim menga zavq bag'ishlayapti”
“Bavariya” bosh murabbiyi Xansi Flik jamoasining Bundesliga 12-turida “Fortuna” ustidan qozonilgan g'alabasi haqida gapirdi.
“Birinchi bo'limda ko'rsatilgan o'yindan judayam mamnunman. Biz nimani rejalashtirgan bo'lsak, barchasini amalga oshira oldik. Ilk daqiqalardanoq raqibga bosim uyushtirib, maqsadimiz faqat g'alaba ekanligini bildirib qo'ydik. Birinchi qirq besh daqiqalikda jamoa esda qoladigan o'yin namoyish etdi.
Ikkinchi bo'limda esa ayrim xatolarimiz ko'zga tashlandi va biz aynan shu holatlar bo'yicha ishlashimiz kerakligini bilib oldik. To'pni juda ko'p yo'qotdik. Jamoa bilan ishlash menga zavq berayapti. Futbolchilari mening rejalarimni ajoyib tarzda amalga oshirishmoqda”, deya Flikning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Bavariya” rasmiy sayti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar