Flik "Bavariya" bilan ajoyib natija qayd etmoqda
12 fev 2021 08:58
Yangiliklar


Flik "Bavariya" bilan ajoyib natija qayd etmoqda
"Bavariya" kecha klublar o'rtasidagi jahon chempioni bo'ldi.
Bu klub bosh murabbiyi Xansi Flik uchun "Bavariya" bilan qo'lga kiritilgan oltinchi sovrin bo'ldi.
Myunxenliklar shuningdek Flik qo'l ostida chempionat, Germaniya kubogi va superkubogi, CHempionlar ligasi va Evropa superkubogi musobaqalarida g'olib chiqqan.
Flik "Bavariya"ni 68 ta o'yinda maydonga olib tushgan va 58 marta g'alaba qozongan. O'yinlarning 5 tasida durang va yana 5 tasida mag'lubiyat qayd etilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar