Flik "Barselona"ning "Real Sosedad"ga mag'lubiyatini izohladi
19 jan 09:31
Yangiliklar
Flik "Barselona"ning "Real Sosedad"ga mag'lubiyatini izohladi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya La Ligasining 20-turida "Real Sosedad"ga qarshi o'tkazilgan o'yindagi (1:2) mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Men hafsalam pir bo'ldi. Biz yaxshi o'yin ko'rsatdik va ko'plab vaziyatlar yaratdik, lekin natija maydondagi o'yinga mos kelmadi. Bazan hamma narsani to'g'ri qilasan, lekin doim ham sen tomonda bo'lmas ekan. Himoyada ishonchliroq o'ynash kerak bo'lgan vaziyatlar bo'ldi, ammo oqibatda bu futbol va men jamoaning bugungi harakatidan mamnunman", — deya Flikning so'zlarini Marca nashri keltiradi.
"Barselona" 20 turdan so'ng 49 ochko to'plab, La Liga turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. "Real Sosedad" esa 24 ochko bilan 9-o'rinda joylashgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar