Flik "Barselona"ga "Bayer" himoyachisini olib kelmoqchi
13 noy 22:54
Yangiliklar
Flik "Barselona"ga "Bayer" himoyachisini olib kelmoqchi
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Xansi Flik jamoada "Bayer" himoyachisi Jonatan Tani ko'rmoqchi. Taning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Himoyachining o'zi klub bilan yangi shartnoma imzolash niyatida emasligini malum qilgandi.
"Bayer" Ta uchun 15 mln evro talab qilmoqda. "Bayer" tez orada futbolchini qish yoki yozda sotish bo'yicha qaror qabul qiladi.
Hozirda Jonatan Ta "Bavariya" va "Barselona" bilan muzokaralar olib bormoqda. Myunxenliklar futbolchini yozning o'zidayoq tarkiblariga qo'shib olishmoqchi edi, ammo buning iloji bo'lgani yo'q. Xansi Flik esa Tani Germaniya terma jamoasidagi o'yinlaridan yaxshi biladi. Flik uni o'z uslubiga mos himoyachi sifatida ko'rmoqda va Jonatanni "Barsa" bilan shartnoma imzolashga ko'ndirish niyatida.
Malumot uchun, avvalroq, Ta Italiya A Seriyasida o'ynash niyatida emasligini sabab "Inter" va "Yuventus" bergan taklifni rad etgandi.
Fikrlar