"Flamengo" yulduz futbolchi sotib olishni xohlamoqda. Ular orasida Kavani va Kostalar bor
31 okt 2019 16:41
Yangiliklar
"Flamengo" yulduz futbolchi sotib olishni xohlamoqda. Ular orasida Kavani va Kostalar bor
PSJ hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini "Flamengo"da davom ettirishi mumkin.
Braziliya klubi o'z tarkibiga yulduz futbolchini qo'shib olishni xohlamoqda.
"Flamengo" tez orada PSJ hujumchisi Edinson Kavanini tarkibga taklif qilmoqchi. 33 yoshli urugvaylik o'yinchining jamoa bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
Agar Kavani taklifni rad etadigan bo'lsa, klub Diego Kosta ("Atletiko") yoki Rodrigo Dourado ("Internasonal")ni xarid qilishga urinib ko'radi.
Kavani joriy mavsum 4ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.
Fikrlar