So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  6 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

FK Lokomotiv ; klubining rasmiy sayti faoliyati haqida Yangiliklar

FK Lokomotiv ; klubining rasmiy sayti faoliyati haqida

“Lokomotiv” klubining matbuot xizmati klub saytlari ichida birinchilardan bo'lib Insatgram’dagi sahifasiga ega bo'ldi.
Bu klubni zamonga qarab ish yuritishidan dalolat. Klub matbuot xizmatida uch nafar xodim ishlaydi. Video operatorning ismi yodimda yo'q. Bir necha yillardan beri TVda faoliyat olib borayotgan Otabek Eshmamatov va Mamur Mamadaliev.

Klubda matbuot xizmatiga yaratilgan sharoitdan kelib chiqib, faqat va faqat bir narsani aytishim mumkin – ishlash kerak.  Klub matbuot xizmatining moddiy texnika bazasiga faqat “Bunyodkor” raqobat ko'rsatishi mumkin. Matbuot xizmati uchun ajratilgan xonada istalgancha intervyu o'tkazishingizga sharoit mavjud, Hattoki ko'rsatuv olishingiz ham mumkin. “Lokomotiv” rahbariyati boshqa klub rahbarlariga nisbatan matbuot xizmati vakillarini odam o'rnida ko'radi. SHu jumladan OAVning boshqa vakillarini ham. Men klub homiylarini nazarda tutdim, jamoa direktorlari esa matbuot uchun ajratilgan kreslolarni martabali mehmonlarga doimiy ravishda band qilib qo'yadilar. Bu haqda matbuot anjumanlarida Ravshan Muqimovga bir necha marotaba aytilgan, ammo… Bu erda matbuot xizmati vakillarini ayblay olmaymiz. Keling sayt tahliliga qaytsak.

Uch tilda faoliyat yuritadigan sayt quyidagi menyulardan iborat:

Asosiy

Jamoa

Klub

Bolalar futboli

Futzal

Mavsum

Media

Biznes

Sayt dizayniga 10 ballik tizimda 9 ga baholanadi. Dizayn (did) borasida uchta klubni alohida takidlab o'taman. Bular, “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Paxtakor”.  Nega “Nasaf” yo'q degan savolga javobni, “Nasaf”ga kelganimizda tushuntirib beraman. “Lokomotiv” o'z saytida O'zbekistondagi barcha faol futbol saytlariga ko'prik o'rnatgan. Bu esa klub saytiga xorijdan tashrif buyuradigan mutaxassislarga qulaylik yaratishi mumkin. Ammo u erda xabarlar asosan o'zbek tilida. Afsuski tarjima qilay desa Google' tizimi hozircha o'zbek tilini o'qimaydi.

Sayt menyusida bitta kamchilik mavjud. Bazi bo'limlarga kirganingizdan keyin yuqoridagi menyu yo'qolib qoladi. Bugungi kunda vaqtni tejash katta rol o'ynayapti. Lokomotiv saytida boshqa menyuga ko'chish uchun avvalo bosh sahifaga o'tishingiz kerak. Bu esa vaqtni o'g'irlaydi.

Sayt sekin-sekin to'lidirib borilyapti. SHuning uchun bo'lsa kerak ko'plab sahifalarning ichi bo'sh. To axborot bilan taminlanmaguniga qadar o'sha menyularni yopib qo'yi maqsadga muvofiq bo'lar edi. 2013 yil yakunlariga ko'ra yoshlar ligasining bitta turi dasturga kiritilmagan.Lokomotiv futbol maktabida talim olayotgan o'spirinlarning malumotlari ham saytdan o'rin olgan.

Sayt mediaga katta etibor beradi. Ammo o'zining shaxsiy fotomuxbiri yo'q. Masalan BAA yig'ini doirasidagi o'rtoqlik uchrashuvlari suratlari raqib saytining arxividan foydalanilgan. Bu boradagi maslahatmizni “Lokomotiv” rahbariyati o'rganib chiqadi degan umitdamiz.

Mamur Mamadaliev jamoa tvitterini alo darajada yuritadi. O'z tvitterini aytmasak ham bo'laveradi. Dorixonaga o'xshab 24 soat aktiv holatda.

Maslahat: Saytni mobil ko'rinishdagi sahifasini yaratish. Asosiy tarkib azolarini esa kengroq saytga joylash kerak. Hozircha FIO bilan cheklanilgan.

Sayt: lokomotiv.uz

Matbuot kotiblari: Otabek Eshmamatov va Mamur Mamadaliev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика