Firpo "Lids" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi
02 iyu 2021 11:01
Yangiliklar


Firpo "Lids" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi
"Barselona" himoyachisi Junior Firpo faoliyatini "Lids"da davom ettiradi.
Jurnalist Xerard Morenoning xabariga ko'ra, tomonlar transfer borasida deyarli kelishuvga erishishdi, bitim narxi 15 million evro bo'ladi.
Yaqin dam olish kunlarida Firpo tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Angliyaga jo'naydi, Juniorning Kataloniya klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
24 yoshli ispaniyalik futbolchi "Barselona"ga 2019 yilning avgustida "Betis"dan 18 million evro evaziga o'tgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar