So’nggi yangiliklar

20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  1 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  6 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  136 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  0 19:31"Зенит" ярим ҳимоячисини сотиб юбормоқчи  0 19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  1 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  26 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  41 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  27 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2

Firdavs Asadov: "Maydonga qaytishni sog'indim" Yangiliklar

Firdavs Asadov: "Maydonga qaytishni sog'indim"

Joriy mavsum avvalida Muborakning "Mashal" klubiga "Buxoro" safidan kelib qo'shilgan istedodli futbolchi Firdavs Asadov ayni vaqtda Oliy ligada ko'rinish berayotgan yo'q.
2013 yilgi birinchilik to'purari va o'tgan mavsumning birinchi davrasida "Buxoro"dagi ajoyib o'yinlari bilan muxlisu-mutaxxasislar nazariga tushgan hujumchi "gazchilar" safiga ko'chib o'tgan. SHu va muxlislar qiziqtirgan boshqa masalalar bo'yicha futbolchi bilan suhbatlashdik.

- Firdavs, birinchi navbatda "Buxoro"dan "Mashal"ga o'tishing borasida aytib o'tsang?

2014 yilgi mavsum boshida birinchi liganing "Spartak" klubidan "Buxoro"ga kelib qo'shildim. "Buxoro"da esa dastlabki mavsumning yarimini ko'ngildagidek o'tkazdim deya olaman. Barcha uchrashuvlarda maydonga tushdim, gollar urdim. Umuman olganda dastlabki yarim mavsumda juda ham ko'nglim to'lgan edi. Yozgi tanaffusdagi yig'inlarning birida oyog'imdan jiddiy jarohat oldim va afsuski mavsumning ikkinchi yarimini to'laligicha jarohatni davolash bilan o'tkazib yubordim. Bu vaqt davomida meni etibordan chetda qoldirmay davolanishim uchun hissasini qo'shgan "Buxoro" klubiga minnatdorchilik bildiraman. Yil boshida esa Muborakning "Mashal" klubidan taklif kelib tushdi. Garcha jarohatim bor bo'lishiga qaramay , meni o'z safida ko'rishga harakat qilgan "Mashal"ga o'tishim ko'proq o'zimga emas ikki klub kelishuvi bo'yicha o'tdi. Jarohat bilan bo'lsada,  meni "Mashal"da o'z safida ko'rishni istagani juda ham xursand qildi. "Buxoro" va "Mashal" klubining transfer bo'yicha kelishuvga erishuvidan so'ng "Mashal"ga kelib qo'shildim.



- "Mashal"dagi dastlabki taassurotlar qanday bo'ldi?

Umuman olganda meni klub o'z safiga chaqirganidan juda ham xursand edim. Bu klub akademiyasida malum muddat shug'ullanganman va tushunchalarim ham bor edi. Meni klubni o'ziga jalb etgan birinchi narsasi bu bosh murabbiy bo'ldi. Aleksandr Andreevich haqida u bilan birga ishlagan barcha futbolchi eng iliq fikrlarni bildirishiga shubha qilmayman. Mavsum oldidan ham baribir eski jarohat bilan biroz davolanishimga to'g'ri keldi. Engil mashg'ulotlarda ishtirok etdim. PFL kubogining so'nggi o'yinlarida ham maydonga tushib turgan edim. Lekin mavsum boshlanishi oldidan yana bir bor jarohatimni qaytalashi menga katta muammo to'g'dirdi. Asta sekin yoshlar ligasi bahslarida maydonga tushib buni bartaraf etib bordim va formamni ancha tiklab bormoqdaman deya olaman. Jamoadoshlarimiz bilan munosabatlarimiz juda ham yaxshi. Bu erda ahil jamoa shakllangan. Klub rahbariyat va murabbiy menda ertaroq to'la kuch bilan safga qaytishimni istamoqda va shu bois qo'lidan kelgan barcha yordamini ayagani yo'q.

- "Buxoro"dan "Mashal"ga o'tishing qarori  qanchalik o'zini oqlamoqda?

"Mashal"ning oldidan maqsadlari bor. Belgilangan rejasi bo'yicha ish olib boriladi. Klubda mana shunday ajoyib murabbiy boshqarib bormoqda. Men bu klubga o'tganimda hech qachon afsuslanmayman. Bu erda o'tgan har bir kunimdan xursandman. Meni o'ylantirayotgan narsa faqatgina ertaroq safga qaytish va maydonga tushishdir. Maydonga qaytishni juda sog'indim. O'zimni o'sishim va tanilishim uchun "Mashal" men uchun eng yaxshi imkoniyat deb o'ylayman.



- Yil boshidan buyon hali asosiy tarkibga kira olmaganliging seni o'ylantirmayapdimi ?

Albatta bu haqida o'ylayapman. Jarohat hamon meni taqib qilmoqda. O'ylaymanki bu vaqtinchalik holat. Men albatta safga qaytib o'zimni ko'rsata olaman.

- Jarohatdan so'ng safga qaytganing bilan o'yiningda katta o'zgarish bo'lishi mumkin. Avvalgi formaga qaytishda katta muammolar bo'ladi.

Fikrimcha tezda avvalgi formamga qaytaman. Unchalik katta tasir o'tkazmasligi kerak. Mashg'ulotlarda ikki barobar kuch bilan ishlash bu safga qaytish uchun eng muhimidir. Yoshlar ligasi bahslarida maydonga tushdim va hozir asosan kuch to'plash uchun trenajor zalida ishlamoqdaman. 



- O'tgan mavsum birinchi davradagi Asadovni qachon ko'ramiz?

Yana ikki haftadan so'ng umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshlayman. Menimcha birinchi davradan so'ng safga qo'shilaman va yozgi yig'inda bor kuchim bilan harakat qilib asosiy tarkibdan joy olmoqchiman.



- "Mashal" safida Ivanov, Qo'ziboev, Xasanov kabi tajribalik hujumchilar etarlicha...

Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Har bir futbolchidan nimadir o'rganaman va o'zimga hali ishonaman. Raqobatdan qo'rqqanim yo'q. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Kim eng yuqori formada bo'lsa o'sha maydonga tushadi. Bosh murabbiy bu borada hammamizdan ham ko'ra to'g'ri qarorni qabul qila oladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика