“Fiorentina” Jovani dos Santosga qiziqib qoldi
14 jan 2014 11:19
Yangiliklar


“Fiorentina” Jovani dos Santosga qiziqib qoldi
“Vilyarreal” hujumchisi Jovani dos Santos “Fiorentina” klubi qiziqish doirasiga tushib qoldi.
Juzeppe Rossi va Mario Gomesning jarohati tufayli jamoada hujumchilar tanqisligi boshidan o'tkazayotgan “Fiorentina”, meksikalik hujumchiga qiziqib qoldi.
Jamoa bosh murabbiyi Vinchenco Montella dos Santosga qiziqib qolgan. Bundan tashqari “Fiorentina” avval ham “Vilyarreal”dan Borxa Valero va Gonsalo Rodrigesni sotib olib ispanlar bilan yaxshi aloqa o'rnatib olgan.
Eslatib o'tamiz, 24 yoshli hujumchi o'tgan yilning yozida “Malorka”dan “Vilyarreal”ga o'tgan edi. Ushbu mavsumda futbolchi 9 ta gol urgan va 5 ta golli to'p uzatishni amalga oshirgan.

Fikrlar