"Fiorentina" prezidenti "Yuventus"dan uchralgan mag'lubiyatda hakamlarning aybi borligini aytdi
02 fev 2020 20:22
Yangiliklar
"Fiorentina" prezidenti "Yuventus"dan uchralgan mag'lubiyatda hakamlarning aybi borligini aytdi
"Fiorentina" xo'jayini Rokko Kommisso A Seriyaning 22-turi doirasida "Yuventus"ga qarshi o'yinda ishlagan hakamlarning ishidan mamnun bo'lmadi.
Ushbu o'yinda hakamlar uning jamoasi darvozasiga ikki bora penalti belgiladi.
"Italiya futbolida 6 oydan buyon ishlamoqdaman va shu paytga qadar biror marta ham hakamlikdan nolimagandim. Endi esa shunday deyman: hakamlar o'yinning borishini bunchalik darajada o'zgartirmasligi kerak. Birinchi penalti bahsli bo'ldi. Ikkinchisi esa hech qanaqasiga penaltiga tortmasdi. SHundoq ham "Yuventus" juda kuchli jamoa, ularga hakamlarning yordami ham shart emas. Bu holat esa menga yoqmayapti", - dedi Kommisso.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar