"Fiorentina" prezidenti "Yuventus"dan uchralgan mag'lubiyatda hakamlarning aybi borligini aytdi

Mirjalol Normatov
2 fev 2020, 20:22
"Fiorentina" xo'jayini Rokko Kommisso A Seriyaning 22-turi doirasida "Yuventus"ga qarshi o'yinda ishlagan hakamlarning ishidan mamnun bo'lmadi.

Ushbu o'yinda hakamlar uning jamoasi darvozasiga ikki bora penalti belgiladi.

"Italiya futbolida 6 oydan buyon ishlamoqdaman va shu paytga qadar biror marta ham hakamlikdan nolimagandim. Endi esa shunday deyman: hakamlar o'yinning borishini bunchalik darajada o'zgartirmasligi kerak. Birinchi penalti bahsli bo'ldi. Ikkinchisi esa hech qanaqasiga penaltiga tortmasdi. Shundoq ham "Yuventus" juda kuchli jamoa, ularga hakamlarning yordami ham shart emas. Bu holat esa menga yoqmayapti", - dedi Kommisso.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia