"Fiorentina" "Borussiya D"ga Dragovskining narxini malum qildi
18 fev 2021 00:52
Yangiliklar


"Fiorentina" "Borussiya D"ga Dragovskining narxini malum qildi
"Binafsharanglar" polshalik darvozabon bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda.
"Fiorentina" darvozaboni Bartlomey Dragovski Dortmundning "Borussiya"siga o'tish orqali faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "qovog'arilar" 23 yoshli darvozabonga qiziqish bildirishgan, ammo "binafsharanglar" rahbariyati u bilan 2023 yil iyunida tugaydigan amaldagi shartnomani uzaytirish bo'yicha faol muzokaralar olib bormoqda.
Qayd etilishicha, "Fiorentina" prezidenti Rokko Komisso Dragovski bilan 20 million evro evaziga xayrlashishga tayyor.
Polshalik posbon joriy mavsumda A Seriyada 22 o'yin o'tkazib, 35 ta gol o'tkazib yubordi hamda 5 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar