So’nggi yangiliklar

10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   1 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  4 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  9 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  20 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  3 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  5 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  34 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  3 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0 04:48Интервью. Исломбек Исмоилов: "Мураббийнинг ҳаёти ўйиндан-ўйингача"  1

Finlyandiya Evroga chiqdi (tarixdagi birinchi yirik turnir)! U erdagi asosiy yulduz Pukki, murabbiy esa - sobiq o'qituvchi Yangiliklar

Finlyandiya Evroga chiqdi (tarixdagi birinchi yirik turnir)! U erdagi asosiy yulduz Pukki, murabbiy esa - sobiq o'qituvchi

Finlyandiya terma jamoasi Lixtenshteynni 3:0 hisobida mag'lub etdi va o'z tarixida birinchi marta yirik turnirda ishtirok etadi.

Ular 21ta jahon chempionati va 15ta Evroni o'tkazib yuborishdi. Eng qizig'i, Litmanen, Xyuyupya va Yaaskelaynen davrida jamoa barcha saralashlarda omadsizlikka uchragan.


Eng qo'rqinchlisi JCH-1998 saralashida ro'y bergan: Finnlar so'nggi turda guruhdagi ikkinchi o'rin uchun asosiy raqibi Vengriyani qabul qildi. Jamoa 1:0 hisobida yutayotgan edi, tribunadagilar pley-offga chiqishni nishonlashga tayyor edilar, ammo... 91-daqiqada hammasi yo'qqa chiqdi. Bahsning so'nggi daqiqalarida avtogol sodir bo'ldi va Finlyandiya bayrami bekor qilindi.


Bayram 22 yildan so'ng nishonlanmoqda.


Asosiy yulduz va to'purar - Pukki. Finlyandiya uni yaxshi ko'radi


"Norvich" forvardi Teemu Pukki haqida eshitgan bo'lishingiz aniq - u APLning dastlabki 3ta uchrashuvida 5ta gol urib, hammani hayron qoldirdi. Pukkining Finlyandiyadagi ishlari zo'r: saralashda 9ta gol (jamoadagi qolganlarning umumiy goli 6ta) va J guruhidagi eng yaxshi to'purar bo'lib turibdi.


Teemu - Yari Litmanen va Sami Xyuyupyadan so'ng mamlakatning eng sevimli futbolchisi. Finlyandiyada futbol qishki sport turlari va "Formula-1"dan keyingi o'rinda turadi, ammo Pukkini hamma taniydi.


Pukki Xelsinkidan 135 km. uzoqda joylashgan Kotkeda (50 ming aholiga ega) tug'ilgan. Bu port shahar bo'lib, unda uylardan ko'ra kemalar ko'p. Teemu xatto basketbol o'ynagan, ammo futbolda yaxshi taassurot qoldirgan va mahalliy akademiyaga muammosiz qabul qilingan.

Pukki juda yaxshi to'p tepgani tufayli 17 yoshida uni U20 terma jamoasiga chaqirishgan. "Sevilya" skautlari o'shandayoq yigitchani payqashgan. Ispaniyaliklar tez orada transfer uchun 1,5 mln. evro to'lashdi. Ammo finn ikkinchi jamoda quyi ligalarda o'ynab, Ispaniyaga ko'nika olmadi va bir necha yildan so'ng Xelsinkining XIK klubiga o'tdi.


Pukki 2011 yil CHL saralashida "SHalke" darvozasiga 2ta gol urdi va tezda nemislardan taklif oldi. Uning transferi uchun yana 1,5 mln. evro to'lashdi. Finn Germaniyada ham porlamadi, keyingisi "Seltik" (38ta o'yinda 9ta gol) va "Brondbyu" (164ta uchrashuvda 72ta gol) bo'ldi. Pukki o'tgan yili "Norvich"ga o'tdi. Kutilmaganda forvardning ishlari yurishib ketdi. Uning CHempionshipdagi 29ta goli "Norvich"ga APLga qaytishga yordam berdi.


"Norvich" muxlislari finnlar kabi Pukkini yaxshi ko'rishadi - Angliyada kech porlagan futbolchilar sevimli qahramonlarga aylanishadi (Riki Lambert, Vardi, Grant Xolt va boshqalar).


Terma jamoani Markku Kanerva o'zgartirdi. Statistikani xush ko'radigan murabbiy bir paytlar maktabda dars bergan

55 yoshli Kanerva 2011 yildan beri terma jamoa shtabida ishlaydi, saralashdagi muvaffaqiyatsizliklar tufayli bir necha marta vaqtinchalik murabbiy bo'lgan, 2016 yilda esa terma jamoani boshqarish imkoniyati berildi.

Kanervaning asosiy ustunligi - u bundan oldin ham terma jamoadagi hozirgi avlod futbolchilari bilan ishlagan: 2009 yilda Pukki va Tim Sparv ajralib turgan yoshlar terma jamoasi tarixda birinchi marta Evropa chempionatiga chiqqan.


Kanervaning o'zi ham Finlyandiya terma jamoasida o'ynagan (59ta uchrashuv 1ta gol), ammo uning biografiyasidagi bir band futbolga to'g'ridan-to'g'ri aloqador emas: Markku XIK safida to'p tepgan paytlarda maktabda o'qituvchi bo'lgan. U maktabda yoshlar bilan ishlashni o'rgangan.


"U juda ochiq inson. Kanerva bizning fikrimizga qiziqardi. Bu ajoyib. Markku uzoq vaqtdan beri bu doirada va futbolchilarni juda yaxshi biladi" - deydi Tim Sparv.

Kanerva futbolchilar bilan taktikani muhokama qiladi, u statistika "jinnisi" va doim futbolchilarga o'yin sifati natijada ustun ekanligini uqtiradi. "Yoshlar terma jamoasidayoq bunday ishlashni boshlaganman. Yigitlar hayron bo'lib qolardi, chunki murabbiy ularga faqat nima qilish kerakligini aytgan" - deydi Kanerva.


"Murabbiy va uning shtabi yosh futbolchilar uchun juda yaxshi atmosfera yaratishdi. Bizning taktik rejamiz juda oddiy: 4-4-2, bu chizma bo'yicha, hamma o'z vazifasini yaxshi biladi. Hujumdagi Pukki esa bir necha yildan beri tinimsiz gol urmoqda. Bizda yoshlar energiyasi va kattalar tajribasining "qorishmasi" mavjud" - deydi Sparv.


Kanervaning Finlyandiya terma jamoasidagi asosiy yutug'i: U jamoani to'g'ri himoyalanishga o'rgatdi. Finnlar Millatlar ligasi guruh bosqichida birinchi bo'lishdi va 6ta uchrashuvda bor-yo'g'i 3ta gol o'tkazib yuborishdi. Evro saralashida ham tendenciya saqlanib qoldi: Raqib darvozasi 15 marta ishg'ol qilindi, o'tkazilgan gollar soni esa 8ta. Bosniyaga qarshi muvaffaqiyatsiz bahs (1:4) bo'lmaganda, hammasi bundanda alo o'tardi.


Finnlar himoyasida yulduzlar yo'q, ammo "Bayer"ning asosiy posboni Lukash Gradecki haqida eshitgan bo'lishingiz kerak. 29 yoshli Gradecki va Pukki terma jamoaning eng yaxshi futbolchilaridan hisoblanishadi va jamoa mehmonxonada yashasa, bu yigitlar bitta xonaga joylashishadi.


Evrodan oldin yana bir nechta familiyalarni eslab qolish lozim.

- Esse Yoronen - Gradeckining raqobatchisi va "Breshiya" posboni.

- Glen Kamara - "Arsenal" tarbiyalanuvchisi, 24 yoshli yarim himoyachi. Finlyandiyada dunyoga kelgan, hozir SHotlandiyaning "Reynjers" klubida o'ynaydi. Yaqinda Stiven Jerrard Kamarani maqtadi - "Reynjers" ustozining so'zlariga ko'ra, futbolchiga yirik klublar qiziqish bildirayotgan ekan.

- Frederik Yensen - "Augsburg"ning 22 yoshli xavbeki. "Tvente"da o'zini ko'rsata oldi, ammo hozircha Bundesligada gol urgani yo'q.


"Rostov"dagi Eryomenkochi?

2016 yildagi narkotik bilan bog'liq diskvalifikaciyadan so'ng "Rostov" yarim himoyachisini terma jamoaga chaqirishmadi. CHetlatish Kanervaning tayinlanishiga to'g'ri keldi va Markku umuman boshqa jamoa yaratdi.

Kanerva Eryomenko variantidan voz kechgani yo'q - aksincha, murabbiyning fikricha, Roman hali qaytishi mumkin. Avgustda futbolchi murabbiylar bilan suhbatlashdi va ular Eryomenko Evroning hal qiluvchi bahslarini o'tkazish yuborishi borasida kelishib olishdi.


"Biz hammasini muhokama qildik. U jamoaga qo'shilishga tayyor emasligini aytdi. Romanning fikricha, hozir tarkibga kirish adolatsizlik bo'ladi. U boshqa bahslarga chaqirilmadi. Biroq bu Eryomenkoning terma jamoadagi faoliyati yakunlandi degani emas. Gap malum bir davr haqida ketmoqda" - deydi Kanerva.


Umuman olganda Evro-2020dan oldin o'zgarishlar bo'lmasa kerak. Finlyandiya terma jamoasida 73ta o'yin o'tkazgan Eryomenkoni muvaffaqiyatsiz o'yinlari bilan eslashadi. Uni unutib yuborishgan.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика