Finalga 2 soat qolganida, muxlisimiz Marakanada
13 iyu 2014 21:45
Yangiliklar
Finalga 2 soat qolganida, muxlisimiz Marakanada
Final oldi nimalar bo'lmayapti deysiz. Yoshi katta amakini chuv tushirishgani yomon bo'libdi.
Siz suratda ko'rib turgan yoshi katta kishiga qalloblar qalbaki chipta sotishgan ekan. Bechora dardini kimga aytishni bilmay yig'layapti. "Yana finalni ko'rish menga nasib qilarmikin", - deya afsuslanib atrofidagilarga noliyapti. Haqiqatdan ham bu yoshi katta kishini aldamasalar bo'lardi. Stadion mamuriyatidan bir kishi chiqib bu kishiga yordam berishini aytdi, ammo qiyin masala.
Stadionga mashinada kelishdan umuman naf yo'q. Oyoq qo'yadigan erni o'zi qolmagan. Argentinadan 200 000 nafarga yaqin ishqiboz kelgan va ular bugun terma jamoalarini finalda qo'llab - quvvatlaydilar. Kimdir piyoda, yana kimdir metroda kelyapti. Men o'zim metroda stadionga keldim. Metrodagi muhitni quyidagi video orqali ko'rishingiz mumkin.
Birinchi tur qahramoni Nishimuraning ham fanatlari yo'q emas. Siz suratda ko'rib turgan samuray bugun to'rtinchi hakamga ishqibozlik qiladi.
Finalni bir yo'la uch davlat rahbari Marakanada ko'radi. Bular, Braziliya, Rossiya va Germaniya. SHuning uchun hamma erda jiddiy tartib o'rnatilgan. Qalbaki chiptlara bilan ham stadionga kirishga urinayotganlar bo'lyapti. Ammo bari befoyda. CHiptalar allaqachon tugab bo'lgan. Argentina va germaniyalik boylar 5000 AQSH dollariga bo'lsa ham chipta olishga tayyor, ammo hech kim final chiptasini sotishni istamayapti.
CHipta xonani allaqachon "supirib" ketishgan.
"Marakana" stadionidan Abduraxmon Fozilov
Mahsus "CA" uchun.

Fikrlar