So’nggi yangiliklar

20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  0 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  3 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  0 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  1 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  5 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  0 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1 17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  6 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  9 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  5 16:33Гвардиола Де Брюйне "Манчестер Сити"да қолишини тасдиқлади  0 16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  36 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  2

Final (prevyu) Yangiliklar

Final (prevyu)

Bugun Germaniya Kubogi final uchrashuvida mamlakat chempioni "Bavariya" "Leypcig" bilan bosh sovrin uchun kurashadi.

Qayd etish kerakki, mazkur hal qiluvchi bahs Germaniya kubogi tarixidagi 76-final bo'ladi.

Niko Kovach qo'l ostidagi "Bavariya" finalga qadar "Droxterzen", "Rodingxauzen", "Gerta", "Xaydenxaym" va "Verder" to'siqlaridan o'tdi.

Ralf Rangnik boshchiligidagi "Leypcig" esa finalgacha "Viktoriya", "Xoffenxaym", "Volfsburg", "Augsburg" hamda "Gamburg" qarshiligidan o'tishga muvaffaq bo'ldi.

Ko'rinib turibdiki, "Leypcig" "Bavariya"dan farqli o'laroq finalga qadar bo'lgan yo'lda asosan Bundesliga jamoalariga qarshi ro'baru keldi. "Bavariya"ga esa qurada asosan quyi liga vakillari duch kelishdi.

"Leypcig" uchun mazkur hal qiluvchi o'yin Germaniya kubogidagi tarixiy ilk finalga aylanadi. "Bavariya" esa bugun Germaniya kubogidagi o'zining 23-finalida maydonga tushadi. Myunxenliklar ishtirok etgan avvalgi 22 finaldan 18tasida g'olibga aylangan holda bosh sovringa egalik qilishgan. Va bu borada yaqqol etakchi hisoblanishadi. Germaniya kubogida zafar quchish bo'yicha "Bavariya"ning eng yaqin taqibchisi "Verder" hisobida 6ta sovrin mavjud. Agarda bugun ham "Bavariya" zafar quchadigan bo'lsa, unda myunxenliklar o'z tarixidagi 19-"DFB-Pokal"ni qo'lga kiritishadi.


Malumot o'rnida shuni takidlash kerakki, ko'plab kuchli beshlik chempionatlarida kubok musobaqalari ikkinchi darajali hisoblanadi va ko'plab jamoalar mazkur turnirga asosan ikkinchi tarkib futbolchilari bilan harakatlanishadi. Germaniyada esa butkul boshqacha manzara. Bu erda kubokka etibor chempionatdan ko'ra kam bo'lmaydi. Birinchidan, davrali chempionatda "Bavariya"ni taxtdan tushirish qanchalik qiyin bo'lsa, boshqa jamoalar "Borussiya" bilan ham raqobatlashishga qurbi etmasligi mumkin. Ammo bir o'yindan iborat bo'lgan kubok bahslariga barcha jamoalar jiddiy etibor qaratishadi. Sababiki, kubok egasiga evrokubokka yo'llanma taqdim etilsa, kamiga nufuz jihatdan ham "DFB-Pokal" Germaniyada ancha qadrli. SHuningdek, moliyaviy taraflama ham Germaniya kubogidagi ishtirok barcha jamoalar uchun juda manfaatli.

Germaniya kubogining umumiy sovrin jamg'armasi 40 million evroga yaqin. Kubok musobaqasida ikkinchi raundga o'tgan har bir jamoa 220 ming evrodan ishlab topadi, uchinchi raundga chiqqan jamoaning mukofot puli esa 450 ming evroga ko'tariladi. SHu tariqa yaxshi natijaga qarab mukofot pullari oshib boraveradi.

"Bavariya" va "Leypcig" bugun nafaqat kubok, balki g'olib jamoaga beriladigan 2,5 million evro uchun kurashadi. SHuningdek, jamoalarga teletranslyaciyalardan tushgan mablag'lardan qo'shimcha bonuslar to'lab beriladi.


Xususan o'yinga keladigan bo'lsak, final odatdagidek Berlindagi "Olimpiashtadion" o'tadi. Uchrashuvni Tobias SHtiler boshqarib boradi.

RB Leipzig

DFB Pokal . final-tur

25/05/2019, 23:00

3
:
0
Tugadi

Bayern Munich

Robert Lewandowski - 29', Kingsley Coman - 78', Robert Lewandowski - 85'

Stadion: Olympiastadion, 74322 tomoshabin

Bosh hakam: Tobias Stieler

45'
90'
65'  Tyler Adams (Konrad Laimer)
70'  Willi Orban (Dayot Upamecano)
82'  Ibrahima Konate (Amadou Haidara)
82'  Dayot Upamecano
29'  Robert Lewandowski
29'  David Alaba
65'  Javier Martinez (Corentin Tolisso)
73'  Serge Gnabry (Arjen Robben)
78'  Kingsley Coman
85'  Robert Lewandowski
85'  Joshua Kimmich
86'  Robert Lewandowski
87'  Kingsley Coman (Franck Ribery)

"Bavariya" Germaniya kubogi finalida 22 marotaba o'ynagan bo'lsa, shundan atigi to'rttasida mag'lubiyatga uchragan. "Leypcig" bugun shu ishni bajargan beshinchi jamoaga aylanishi mumkin.

"Bavariya"ni finalda mag'lub etishni uddalagan jamoalar: "Bayer Yurdingen", "Verder", "Borussiya" Dortmund, "Ayntraxt". 

Qizig'i, hozirgi kunda "Bavariya" bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Niko Kovach o'tgan yili finalda "Ayntraxt" bilan hozirgi jamoasini mag'lub etgandi. Agarda bugun "Bavariya" muvaffaqiyat qozonsa, unda Niko Kovach ketma-ket Germaniya kubogini ikki xil jamoa bilan qo'lga kiritgan murabbiyga aylanadi.

SHuni alohida takidlash kerakki, bugungi final o'yini "Bavariya" afsonalari Riberi, Robben va Rafinya uchun myunxenliklar safidagi xayrlashuv uchrashuviga aylanadi.

Jahon futbolidagi takrorlanmas tandem — "Robberi" 

Bundesliganing oxirgi turida "Alyanc Arena"dagi chempionlik o'yinida g'olibga aylangan "Bavariya" o'z uyida afsonalar Riberi, Robben va Rafinyaga alohida ehtirom ko'rsatib, ularni chiroyli kuzatib qo'ygandi. Berlindagi final esa mazkur "RRR" uchun tom manodagi finalga aylanadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика