So’nggi yangiliklar

21:50"Навбаҳор" БААда Хорватия, Арманистон ва Хитой жамоаларига қарши ўйнайди  1 21:30"Сўғдиёна" дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:08Златан Роналдуга жавоб берди  7 20:44АПЛ топ-клублари қизиққан футболчини "Бавария" илиб кетмоқчи  0 20:16ПСЖда 7-рақамнинг янги эгаси маълум!  0 19:59Гави: "Ямал дунёнинг энг яхши футболчиси"  6 19:34Гари Невилл: "Гарначо ва Рэшфорд кетса, МЮ учун олдинга ташланган катта қадам бўлади"  7 19:10Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоасига хорижлик бош мураббийи тайинланди!  8 18:58Расман: Саҳоб Рашидов "Сўғдиёна"га қайтди!  1 18:37Ўзбекистон U-17 қизлар терма жамоаси йиғинга киришди  0 18:14"Пахтакор" яна бир легионер билан шартнома имзолаганини расман эълон қилди!  22 17:3217 ёшли Месси Франция Кубогида дубль қайд этди  4 17:04"Барса" "Камп Ноу"даги 475 та VIP-ўринни 30 йилга 100 миллион евро эвазига сотди. Клуб Ла Лигани 31 декабрда огоҳлантирган  16 16:19Абдуқодир Ҳусановгача "Манчестер Сити"да кимлар 45-рақамда ўйнаган?  25 15:53Трент Александер-Арнольд "Реал"га ўтади  9

Final oldidan final - "Real" "Santyago Bernabeu"da "Barsa"ni qabul qiladi Yangiliklar

Final oldidan final - "Real" "Santyago Bernabeu"da "Barsa"ni qabul qiladi

Bugun dunyoni ikkiga bo'luvchi bellashuv bo'lib o'tadi.

Tunda "Real Madrid" o'z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi. Mamlakat kubogi yarim final birinchi to'qnashuvi qanday o'tadi? Jamoalar hozir qanday holatda va tarkibda nima gaplar, o'yingacha barchasidan xabardor bo'lib oling.  



Kubokda jamoalarning bosib o'tgan yo'li

Har ikki klub Ispaniya Kubogida 1/16 finalidan kurashga kirishdi. "Real" yarim final yo'lida "Kasereno" (1:0), "Vilyarreal" (3:2) va "Atletiko"ni taslim etdi (3:1).

"Barselona" esa 1/16 finalda "Intersiti"ni yutdi (4:3). Etiborlisi bunga 120 daqiqa kerak bo'ldi. Keyin esa kataloniyaliklar "Seuta" (5:1) va "Real Sosedad"ni mag'lub (1:0) etishdi.


"Real Madrid"

1. "Real"ning bor yo'g'i ikki futbolchisi lazaretda: "Barsa"ga qarshi "Madrid"ning eng kuchli tarkibi o'ynaydi

"Real"ning jarohatlar bilan muammosi ortda qoldi, hozir "qaymoqranglilar" lazaretida faqatgina Ferlan Mendi va David Alaba bor. Ularning safdan chiqqani yoqimsiz, lekin hal qilsa bo'ladigan muammo: Mendining o'rnini yaxshi formaga kirib olgan Nacho Fernandes egallasa, markazda Alabasiz ham variantlar etarli ― Antonio Ryudiger va Eder Militao chiqishib oldi hamda bir oydan ko'proq vaqtdan buyon himoya markazini ancha mustahkam qo'rqilashmoqda.

CHempionat doirasida "Atletiko"ga qarshi uchrashuvni Luka Modrich va Orelen Tchuameni asosiy tarkibda boshlashmadi ― Karlo Anchelotti ularga dam berdi va yarim himoyachilar "El Klasiko"ga jismonan yaxshi holatda etib kelishdi. SHunday qilib, "Barsa"ga qarshi o'yinga Anchelotti amalda eng kuchli tarkibini tashlay oladi: yarim himoya va hujum optimal holatda, himoyada esa "Real" eksperimentlarga o'rganib ham ulgurdi (zaxira futbolchilari asosiylardan yomon o'ynamayapti).


2. O'z maydonida "Real" bu mavsum yutqazmayapti

Safarda va neytral maydonlarda "Real" bir necha bor "qoqildi": 23 uchrashuvda jamoa 17 marta g'alaba qozondi, 5 ta mag'lubiyat va 1 ta durang. "Santyago Bernabeu"da esa madridliklar o'zlarini yaxshiroq his qilishmoqda: 15 o'yinda 10 ta g'alaba, 5 durang va birorta mag'lubiyat yo'q. Oxirgi "El Klasiko"da "Real" 1:3 hisobida mag'lub bo'lganda, uchrashuv neytral maydonda o'tgandi.


3. Ispaniya Kubogi yarim finalining ko'chirilishi "Barsa"dan ko'ra, "Real"ning foydasiga ishladi

"Real" 2014 yildan buyon Ispaniya Kubogida g'olib bo'la olmayatpi, so'nggi yillarda esa jamoa ancha erta musobaqani tark etmoqda ― "qaymoqranglilar" 2018/19-yilgi mavsumdan buyon yarim finalga ham etib bora olmayatpi. Etiborli bir jihat, oxirgi yillarda "Real" Kubokdan muntazam ravishda yanvar-fevral oylarida chiqib ketadi. "Qirollik klubi" mavsumning bu qismida o'yinida keskin pasayish kuzatiladi ― fizioterapevtlar ongli ravishda jamoani CHempionlar Ligasi pley-off bosqichiga tayyorlashadi. SHunga o'xshash vaziyat bu yil ham kuzatildi, biroq inqiroz davri ortda qolib ulgurdi: "Real"ning oxirgi mag'lubiyati 5 fevralga to'g'ri kelmoqda ― o'shandan buyon jamoa umumiy hisobda 21 ta gol urib, 6 o'yinning 5 tasida g'olib bo'ldi.

Agar yarim finallar taqvim bo'yicha o'tganida (fevralda), "Real" imkoniyatlari ancha pastroq bo'lardi. Biroq "Madrid"ning Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi sabab 1/2 final o'yinlari mart-aprel oyiga ko'chirildi.


"Barselona"

1. "Barselona" Levandovski, Dembele va Pedri xizmatidan foydalana olmaydi

"Barselona" yanvar oyini zo'r o'tkazdi. Jamoa 8 o'yindan 8 tasini yutdi, yo'l-yo'lakay Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi va "Real" bilan oradagi farqni oshirib oldi. Kataloniyaliklarning bu qadar muvaffaqiyatli o'yiniga tarkibda yo'qotishlar deyarli yo'qligi sabab edi. Biroq vaziyat o'zgardi: "Real" bilan o'yinga "blaugrana" Robert Levandovski, Usmon Dembele va Pedrisiz etib keldi ― "ko'k-anorranglilar" uchun ularning uchalasi ham asosiy tarkib azosi. Robert ― eng yaxshi to'purar; Dembele ― ikkinchi to'purar va assistent; Pedri ― uchinchi to'purar va maydon markazida eng muhim futbolchilardan, hujum tashkil qilish hamda vaziyat yaratish bo'yicha javobgar.

2. "Barsa" o'yinida pasayish kuzatilmoqda

Aynan Pedrining yo'qligi "Barselona"ning o'yiniga tasir ko'rsatdi: kataloniyaliklar ikki o'yin natijasiga ko'ra "Manchester Yunayted"ga imkoniyatni boy berib (3:4) Evropa Ligasidan chiqib ketishdi, keyin esa Primerada "Almeriya"ga imkoniyat boy berildi. SHu o'yin ayniqsa jamoa muammolarini yaqqol ko'rsatib berdi: "Barsa" o'yingacha chempionatning 19-o'rindagi jamoasi darvozasiga bitta zarba bera oldi xolos. O'yin davomida Xavi shogirdlari 47 marta to'pni havodan uzatishdi. Bir tomon bu hujum uchun harakat belgisi, ammo "Barsa"da odatda bunday emas. Bu ko'proq hujumda kutilmagan qarorlar, fantaziya etishmagani sabablidir. Ha, "Real" "Barsa" hujumchilariga ancha ko'p bo'sh hududlar qoldiradi, lekin qarama-qarshi hujumlar bilan o'tadigan bellashuv ham mehmonlar uchun ideal variant emasdek.

3. Arauxo ― Vinisiusga qarshi o'ynash bo'yicha mutaxassismi?

Ronald Arauxo hozirning o'zida Primeraning eng yaxshi o'yinchilaridan hisoblanadi. Urugvaylik ayniqsa birga-bir o'yinda kuchli hisoblanadi ― Ronald atletik jihatdan ham, tezkorlik bo'yicha ham ajoyib ko'rsatkichlarga ega. SHu bilan birga Arauxo personal o'yinda ham ancha kuchli hisoblanadi: "Real" bilan o'yinlarda u ikki marta Vinisiusga qarshi harakat qilish uchun o'ng qanotga o'tkazildi va braziliyalikni o'yindan uzib qo'ya oldi. Bu o'yin natijasiga ham bevosita tasir qildi ― kataloniyaliklar yutishdi (4:0 va 3:1). Primera-2022/23ning birinchi davrasida Ronald jarohat sabab o'yinni o'tkazib yuborgandi, "ko'k-anorranglilar" esa o'sha kecha (1:3) mag'lub bo'lishdi. Katta ehtimol bo'lajak bahsda ham Xavi urugvaylikni qanotga o'tkazsa kerak.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика