So’nggi yangiliklar

08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  0 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  2 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  8

Final. Himoyaviy futbolga tayyormisiz? Yangiliklar

Final. Himoyaviy futbolga tayyormisiz?

Superliga 23-turidan keyin barchaning etibori kubok finaliga qaratiladi.

Mezbon

30-bor o'tkazilayotgan O'zbekiston kubogining hal qiluvchi bahsini birinchi marta Buxoro shahri qabul qilyapti. Oldingi 29 finalning  18tasi “Paxtakor”, 3tasi “Dinamo”, 2tasi MHSK o'yingohida o'tgan. OKMK (Olmaliq), “So'g'diyona” (Jizzax), “Istiqlol” (Farg'ona), “Markaziy” (Namangan), “Bunyodkor” va “Lokomotiv” (Toshkent) stadionlari esa 1 martadan musobaqaning yakunlovchi o'yiniga mezbonlik qilgan. 

“Nasaf”

Ro'ziqul Berdiev shogirdlari turnirning amaldagi g'olibi hisoblanadi. Mazkur jamoa Osiyo CHempionlar Ligasida o'ynash huquqini qo'lga kiritgani tufayli mamlakat kubogidagi yurishini 1/8 finaldan boshladi. 

Yani “ajdarlar” final ostonasiga qadar 3 ta jamoani musobaqadan chiqarib yubordi:

Nimchorak final. “Surxon” 1:2 “Nasaf”;

CHorak final. “Nasaf” 1:0 “Lokomotiv”;

Yarim final. “Nasaf” 2:1 AGMK.

Etiborli jihati, Qashqadaryo klubining finalga qadar etib kelishida himoyachilarning hissasi katta. Nasafning musobaqadagi gollariga Husniddin Aliqulov (2ta), G'olib G'aybullaev, Alibek Davronov hamda SHarof Muhitdinov mualliflik qilgan.

“Navbahor”

Samvel Babayan shogirdlari esa 24 yillik tanaffusdan keyin finalda o'ynash huquqini qo'lga kiritdi. Turnirdagi ishtirokini “o'lim guruhi”da boshlagan “lochinlar” “Neftchi”, “Qizilqum” va “Dinamo” joylashgan kvartetdan 100 foizlik natija bilan chiqishdi. 

Pley-offda esa “Olimpik”, “Paxtakor” va “So'g'diyona” navbati bilan taslim qilindi. Namanganliklarning musobaqadagi to'purari Jamshid Iskanderov hisoblanadi. Xorazmlik futbolchining hisobida 4ta gol bor.

❗Babayan “Navbahor”da ham tartibli himoyaga alohida urg'u beryapti. Uning shogirdlari finalga qadar o'tkazilgan 6 o'yinda faqat 1 marta to'p o'tkazib yuborishdi. 

Xulosa

Buxorodagi to'qnashuvda gollar shousi bo'lmasa kerak. Final murabbiylar o'rtasidagi “shaxmat partiyasi”ga aylanib ketish ehtimoli bor. Jamoalarning Superligadagi 2 o'yinida bor-yo'g'i bitta gol urilgan edi. 30 oktyabr kuni ham himoyada xato qilmaslik vazifasi birinchi o'rinda tursa kerak.

Xullas, oldimizda gollar kam, kurashlar ko'p bo'ladigan haqiqiy final turibdi. Sizningcha, kubok kimniki bo'ladi?

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика