So’nggi yangiliklar

09:42Марко Асенсио Ла Лигага қайтиши мумкин  0 09:18"Бавария" "Боруссия" юлдузини нишонга олди  0 08:51Рэшфорд Лондон клубига ўтишга рози бўлди  2 08:22"Наполи" ва "Манчестер Юнайтед" Гарначонинг нархи борасида келиша олмаяпти  1 07:58"Челси" ва "Арсенал" 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  2 07:32"Валенсия" Ансу Фатини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 07:05Антони Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 02:59Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Хетафе"ни мағлуб эта олмади  97 02:41А Серия. Лукакунинг 78-дақиқада урган голи "Наполи"га "Аталанта"га қарши Бергамодаги ўйинда ғалабани тақдим этди  4 01:20Деле Алли А Серия клубига ўтади  0 00:55Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Боруссия Мёнхенгладбах"га 3та гол урди  0 00:33АПЛ. Салибасиз "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди  13 00:04А Серия. "Ювентус" "Милан"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўринга кўтарилиб олди  3 23:40Расман: "Қизилқум" "Насаф" собиқ легионерини трансфер қилди  6 23:29Лига 1. ПСЖ Ҳусановсиз қолган "Ланс" устидан иродали ғалабага эришди  4

Final-2021. "20 yildan so'ng odamlar OCHLga yo'llanma olgan jamoani emas, kubok qo'lga kiritgan klubni eslashadi" - "Paxtakor" vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

Final-2021. "20 yildan so'ng odamlar OCHLga yo'llanma olgan jamoani emas, kubok qo'lga kiritgan klubni eslashadi" - "Paxtakor" vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani

2021 yilgi O'zbekiston kubogi finalidan oldin "Paxtakor" vakillari ishtirokidagi o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.





"Xayrli kech. O'zbekiston kubogi finalida bizni qiyin o'yin kutmoqda. Musobaqani hal qiluvchi o'yin bilan barchani tabriklayman. Biz finalga etib kelganimizdan xursandmiz. Lekin bundan g'ururlanish bilan ish bitmaydi. Maydonda tom manoda jang qilib vazifani bajarishimiz kerak",- deydi Piter Xyuistra.

Xojimat Erkinov
- Kubok finaliga etib kelganimizdan xursandmiz. Musobaqa bitta bahsdan iborat bo'lgani uchun har bir uchrashuv qiyn o'tdi. Finalga tayyormiz. Stadionga kelib muxlislar qo'llab quvvatlasa g'alabaga hissa qo'shishgan bo'lardi.

Doston Hamdamov - Bu kunni intizorlik bilan kutdik. Barcha yigitlarning kayfiyati o'zgacha. Muxlislarni xursand qilib kubokni qo'lga kiritamiz, deb o'ylayman. Futbolni muxlislar uchun o'ynaymiz.

- Final oldidan ikki jamoada ham yo'qotish bor. Ayni paytda tarkib jihatdan imkoniyatlar teng. Qaysi faktor evaziga "Nasaf"ni yutmoqchisiz?

- Raqib jamoa haqidagi yo'qotishlarni emas, o'z jamoamdagi vaziyat haqida gapirmoqchiman. Dragan CHeran va SHerzod Azamov bizga yordam bera olmaydi. Ular jamoamiz etakchilari. Bu ikki futbolchisiz oson bo'lmaydi. Lekin ularning o'rnida harakat qiladigan yosh va mahoratli futolchilarimiz bor. Ertangi bahsda ular jamoadoshlarini o'rnini bilintirmaslikka harakat qilishadi. Bosimdan tashqari kuch ham kerak.

- Motivaciya haqida gapirdingiz. "Nasaf"da kubok finalini yutish orqali OCHLga yo'llanma olish imkoniyati bor. "Paxtakor" bu vazifani bajarib bo'lgan. SHogirdlaringizni qanday ruhlantirmoqchisiz?
- Ertangi bahs biz uchun ham muhim. 2021 yilgi kubok finali va mavsumning oxirgi o'yini bo'lib o'tadi. "Paxtakor" uchun mavsumni sovrin bilan yakunlash 20 yildan keyin muxlislar 2020 yilda qaysi jamoa kubokda yutganini ko'radi. OCHLga yo'llanma qo'lga kiritganiga qaramaydi. Kubokni yutmagan futbolchilar uchun ham imkoniyat. Borimizni berib harakat qilamiz. Misol uchun Xojimatni oladigan bo'lsak, undan 20 yildan keyin kimdir nechi marotaba kubokni yutgansan, deb so'raydi. SHu bois ham maydonda astoydil intiladi. Bor salohiyatini ishga soladi.

- "Paxtakor" kubokda yutadigan bo'lsa, rag'batlantirish vada qilinganmi?
- Bilasizmi, final uchrashuvi oldidan turli bonuslar haqida gapirish ko'p muhim ahamiyatga ega emas. Yosh futbolchi qay tariqa o'zimni ko'rsatman deydi. Futbolchilar maydonda o'z ishlarini qilishadi, futbolchilar ruhlanib bo'lishgan. Har bir uchrashuvda g'alaba qozonish muhim. SHu bois menda ortiqcha qiyinchilik bo'lgani yo'q.

- 20 yildan keyin o'zbek xalqi sizni sovrin yutgan murabbiy yoki futbolimizni rivojlantirgan inson sifatida eslashlarini istaysizmi? Qaysi birini tanlaysiz?
- Men uchun murabbiy sifatida birinchi galda turli sovrinlarni qo'lga kiritish va bu orqali rivojlanadi Futbolda g'alaba qozonish uchun o'ynashadi. Mashg'ulotlarda ham yutishga etibor qaratishadi. Murabbiy sifatida sovrinlar yutish o'zgacha ruhiy beradi.

- Ertangi final keyingi taqdiringizga tasir qilishi mumkinmi?
- Men ayni paytda O'zbekistondagi 5 mavsumni o'tkazdim. Xuddi shu tarkib bilan ishni birga davom ettiryamz. Ishlar to'liq qoniqtirmoqda. Mavsum yakunlangach alohida ishlab olamzi. O'zimga qolsa O'zbekistonda faoliyat olib borish yoqmoqda. Butun faoliyatim davomida Paxtakor muxlislarini har erda uchrataman. Oxirgi ikki yil ancha qiyin kechdi. Pandemiya sharoitida stadionga kelishyapti, ularga rahmat aytaman. Ertaga ham ko'plab muxlislar kelishini kutmoqdaman.

- Sizga boshqa klublardan takliflar bormi?
Hojimat Erkinov: - Klub biladi, hali aytishmadi. Kubok finalidan keyin kelajak haqida gaplashamiz. O'zimga qolsa Rossiyaga borgan bo'lar edim. SHu orqali kuchli jamoaga ketishni istayman.







Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика