Filippo Inzagi: "Futbolchilarim bilan faxrlanaman"
22 dek 2014 00:31
Yangiliklar
Filippo Inzagi: "Futbolchilarim bilan faxrlanaman"
"Milan" bosh murabbiyi Filippo Inzagi "Roma" bilan bo'lib o'tgan o'yindan keyin o'z futbolchilari manziliga iliq so'zlarni aytib o'tdi.
Durang natijasidan juda xursand bo'ldim. Sababi, biz ikkinchi bo'limni bir kishi kam bo'lib o'tkazdik. Armeroning chetlatilishigacha biz o'yinni o'z qo'limizda ushlab tura olgandik. Keyin vaziyat o'zgarib ketdi. Bundan bir necha oy ilgari Rimda "Roma"ga qarshi tengma-teng o'ynay olishimizni tasavvur ham qila olmasdim. O'z futbolchilarim bilan faxrlanaman.
Fikrlar