Filippo Indzagi: Asosiy maqsadimiz - "Milan"ning o'z o'yin uslubini qaytarishdan iborat
14 fev 2015 23:53
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/162141_original.jpg)
![](/upload/storage/162141_220.jpg)
Filippo Indzagi: Asosiy maqsadimiz - "Milan"ning o'z o'yin uslubini qaytarishdan iborat
Milan bosh murabbiyi Filippo Indzagi jamoaga o'z o'yin uslubini qaytarishga urinayotganligini takidlab o'tdi.
Hozirgi asosiy maqsadimiz - "Milan"ning o'z o'yin uslubini qaytarishdan
iborat. "Parma" va "Yuventus" bilan bo'lgan o'yinda bir qator yaxshi
vaziyatlar yarata olgandik. Muxlislarimizning etiroz va tanqidlarini
to'g'ri tushunaman. Ertangi "Empoli"ga qarshi uchrashuvda mavsumning ikkinchi
qismidagi g'alabali odimimizni boshlab olamiz degan umiddaman.
Evrokuboklarga ishtirok etishimiz mumkinmi? Hozir turnir jadvaliga
qaraydigan vaqt emas. Avvalo jamoaning o'ziga bo'lgan ishonchini qaytarib
olishimiz talab etiladi. SHunda mavsum so'nggida turnir jadvalining qaysi
pog'onasida bo'lishimizni ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Bizni qiyin va muhim
bahs kutib turibdi. SHu bois bor kuch-g'ayratimizni ishga solishimiz zarur.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar