So’nggi yangiliklar

01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  2 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  0 00:56Февзи Давлетов: "Бизга бу ғалаба жуда керак эди"  0 00:25РПЛ-2025/26да фақат сардорларга ҳакамлар билан мулоқот қилишга рухсат берилиши мумкин. Бошқалар жазоланади  0 00:00КЖЧ. "Интер" - "Флуминенсе"  6 23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  1 22:54"Ювентус" тезроқ Влаховичдан қутилмоқчи, Душан эса йиллик маоши 20 млн. евро бўлган таклифни рад этди  1 22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  1 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  66 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  1 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  5 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  8 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  15

Filippin murabbiyi jamoasi Osiyoning kuchli termalariga qarshi munosib o'ynay olishini takidladi Yangiliklar

Filippin murabbiyi jamoasi Osiyoning kuchli termalariga qarshi munosib o'ynay olishini takidladi

Filippin terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Duley o'z jamoasini Osiyoning kuchli termalariga qarshi munosib o'yin namoyish qila oladigan qilib shakllantira olganini takidladi.

Bu haqida "Metro Manila"ga asoslanib, "CNN Philippines" xabar bermoqda.

Filippin terma jamoasi byuilan ikkinchi yil ish olib borayotgan mutaxassis Jahon chempionati saralashida munosib ishtirok etish uchun eng to'g'ri tarkibni nihoyat aniqlab olganini malum qildi.

Yordamchisi Dan Palami bilan birga Duley jamoaga bir necha yangi futbolchilarni jalb etdi. Ular: Lyuk Vudland, Stefan Palla, Kevin Ingreso va Muso Bahadoran. Ularning hammasi iyun oyida bo'lgan Baxrayn va Yaman terma jamoalariga qarshi o'yinlarda ishtirok etdi.

"Bizda har bir nuqta noyob futbolchilardan iborat ajoyib terma jamoa mavjud. Ularning idividual mahoratlari yuqori darajada", - deya o'z shogirdlariga yuqori baho bermoqda 1998 yili Franciyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida AQSH terma jamoasiga sardorlik qilgan Duley.

"Men futbolchilarimdan 90 daqiqa davomida o'z imkoniyatlarini yuz foiz ishga solishlarini va jamoa manfaatlarini doim ustun qo'yishlarini talab qilaman", - deya qo'shimcha qildi Duley. "So'nggi ikki o'yin muvafaqiyatga erishish uchun bizga kerak bo'lgan jamoani shakllantira olganimizni ko'rsatib berdi".

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi 8 sentyabr kuni Filippinga qarshi safarda maydonga tushadi. Unga qadar esa 3 sentyabrda Toshkentda Yaman terma jamoasini qabul qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика