Filipp Rayevac: "Lokomotiv" - men qarshi o'ynagan O'zbekistonning eng kuchli jamoasi"
19 dek 2018 16:48
Yangiliklar
Filipp Rayevac: "Lokomotiv" - men qarshi o'ynagan O'zbekistonning eng kuchli jamoasi"
- "Lokomotiv" vakillari menga uchinchi marta taklif bilan chiqishdi. O'tgan yili qishda ham menga ushbu klub taklif bilan chiqqandi. Biroq men "Bunyodkor" bilan shartnoma imzolagandim. Yozdayoq "Lokomotiv"ga o'tmoqchi edim. Biroq bu amalga oshmadi. SHukurki, endi klub bilan kelishdim. Keyingi yili "Lokomotiv" tarkibida o'ynashdan xursandman. Ushbu jamoa bilan Osiyo chempionlar ligasida o'ynash istagim juda kuchli. Jamoaning mamlakat chempionligini himoya qilishida va Osiyo chempionlar ligasida guruhdan chiqishiga yordam berishga harakat qilaman.
Jamoaning taktik jihatdan tartibli o'yin ko'rsatishi menga maqul kelmoqda. Ayniqsa, Marat Bikmaev va Ikrom Aliboevlarning o'yinlari menga yoqadi. Marat Bikmaev so'nggi ikki-uch mavsumda ko'plab gollar urib, o'yin taqdirini hal qildi. Undan tashqari himoyachi Anzur Ismoilovni qattiq hurmat qilaman. Aynan ular o'z poziciyalarida "Lokomotiv"ning yakunlangan mavsumdagi eng yaxshi futbolchilari bo'lishdi deb hisoblayman.
Ikki jamoa tarkibida "Lokomotiv"ga qarshi o'yinlarda qatnashdim. Ayta olamanki, "Lokomotiv" - men qarshi o'ynagan O'zbekistonning eng kuchli jamoasi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar