Filipp Lam "Bavariya" SHon-shuhrati muzeyidan joy oldi + FOTO
29 may 2017 20:32
Yangiliklar
Filipp Lam "Bavariya" SHon-shuhrati muzeyidan joy oldi + FOTO
Lam klubda 22 yil o'ynadi va 20ta sovrin yutdi.
"Bavariya"ning muvaffaqiyatlariga qo'shgan ulkan hissasini etirof etish maqsadida klub rahbariyati Lamni SHon-shuhrati muzeyiga kiritdi. SHu tariqa, Filipp Lam Oliver Kan davridan beri klub SHon-shuhrati muzeyida o'z yulduziga ega bo'lgan birinchi futbolchiga aylandi. Umumiy olganda esa, Lam Franc Bekkenbauer, Gerd Myuller, Zepp Mayer, Karl-Xaync Rummenigge, Uli Xyoness, Lotar Matteus, Jovanni Elber, Mexmet SHoll va Oliver Kan kabi afsonalardan keyin muzeydan joy olgan o'ninchi futbolchiga aylandi.

"Filipp Lam - "Bavariya"ning yangi tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri. U doimo "Bavariya" shanini yuqori darajada himoya qilib kelgani uchun ham SHon-shuhrati muzeyidan joy olishga haqli. "Bavariya" ajoyib faoliyati uchun Lamga minnatdorchilik bildiradi", - dedi Rummenigge.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar