Filiposyan va SHotursunov qaytadi, Bozorov va Xolmurodov o'ynamaydi
21 avg 2015 14:48
Yangiliklar


Filiposyan va SHotursunov qaytadi, Bozorov va Xolmurodov o'ynamaydi
Jumladan, o'tgan turda Qizilqum bilan o'yinda hakam tomonidan maydondan chetlatilgan ikki himoyachi Akmal Xolmurodov va Akmal Bozorovlar SHo'rtan bilan bahsda jamoamizga yordam bera olishmaydi. 17-turda Buxoro bilan bahsda maydondan chetlatilgan Farrux SHotursunov va 4-sariq kartochkasini olganda Artyom Filiposyanlar esa bir o'yinlik diskvalifikaciyadan so'ng bugun maydonga tushishlari mumkin.
SHuningdek, raqib jamoa G'uzorning SHo'rtan klubi safida ham yo'qotishlar bor. Jumladan jamoaning markaziy himoyachisi Darko Stanoevich va Umar Eshmurodovlar o'tgan turda Bunyodkorga qarshi mavsumdagi 4-sariq kartchokalarini olganliklari uchun ushbu bahsni o'tkazib yuborishga majburlar.
Eslatib o'tamiz, Dinamo - SHo'rtan uchrashuvi 21 avgust kuni soat 17:30 boshlanadi. Turning shiddatli o'tishi kutilayotgan bahsini Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar