So’nggi yangiliklar

21:45Ўйнайдими ё ўйнамайдими? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  0 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  0 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  0 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  91 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  2 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2

Filiposyan “Buxoro” bilan yana shartnoma imzoladi Yangiliklar

Filiposyan “Buxoro” bilan yana shartnoma imzoladi

“Buxoro” klubida yuz bergan o'zgarishlardan keyin bir qator futbolchilarni qaytarishoqda. Jumladan himoyachi Artyom Filiposyan ham yangi mavsumni boshqa klubda boshlashi borasida rejasi bor edi.
Avval xabar berganimizdek, u oyog'ini operaciya qildirgandi. Ayni paytda Artyom sog'ayib boryapti. Kuni kecha esa keyingi taqdiri borasida bir qarorga keldi. Futbolchi o'tgan yilgidek, yangi mavsumda ham yana “Buxoro” sharafini himoya qilishga qaror qildi. Buning sabablari xususida uning o'zi o'z fikrlarini quyidagicha bildirdi:

-   “Buxoro” klubida yuz bergan o'zgarishlardan keyin jamoada qolishga qaror qildim. Baribir u erda ajoyib mavsumni o'tkazdik. Jonkuyar muxlislariga ham ega. Ammo menga  “Buxoro”ga qaytishimdan oldin etarlicha variantlarim bor edi va ular bilan ham gaplashayotgandim. Bir kuni menga Ulug'bek Baqoev qo'ng'iroq qilib, “Buxoro”ga murabbiy bo'lganini aytdi va mening yordamim kerakligini tushuntirdi. SHunday qilib, “Buxoro” bilan kelishuvga erishdim va bir yillik shartnoma imzoladim. Baribir har yili istalgan futbolchi o'zi uchun kelib tushayotgan takliflarni ko'rib chiqadi. SHulardan kelib chiqqan holda u bir qarorga keladi. Menga esa yuqorida takliflar borligi haqida aytdim, ammo hali hech kimga vada bermagandim. Lekin uchrashib gaplashib turgandim. “SHo'rtan” bilan “Mashal” jamoalari meni o'z tarkiblarida ko'rishni istashayotgandi. Jizzaxdan Davron aka Fayziev ham qo'ng'iroq qilib turgandi. Aynan menga ushbu klublardan aniq chaqiruvlar bo'lgandi. Biroq men hammasini o'ylab ko'rganimdan keyin yana “Buxoro”da qolishga qaror qildim. Hozir tarkibni shakllantirishyapti, selekciya ishlari davom etyapti. Menimcha, hammasi aniq bo'lganidan keyin maqsad qanday ekanligini aytishadi.

Yana bir gap: “Buxoro” klubining futbolchilaridan qarzdorligi borligi hammaga malum. SHuning uchun ham aksariyat o'yinchilar jamoani tark etishga qaror qilishgan. Ammo Filiposyanning aytishicha, “Buxoro” rahbariyati o'tgan yilgi qarzdorlikni bartaraf etish bo'yicha ijobiy o'zgarishlarni boshlashgan.  

-   Bilasizmi, qarzdorlik masalasida klub hammasini to'ladi desam noto'g'ri gapirgan bo'lardim. Bu masalada boshqa o'yinchilar bilan bog'liq vaziyat qanday hal etilayotganini bilmadim-u, ammo menga hozircha barcha oylik maoshlarini to'lashdi. Endi faqat mukofot pullari bo'yicha qarzdorligi qoldi xolos. O'ylaymanki, klub tez orada bu boradagi masalani ham “yopishga” harakat qilmoqda, - deya fikr bildirgan Filiposyanning kayfiyati bir muncha yaxshilanganini aytish joiz.
Hozir aksariyat o'yinchilar qishki yig'in chog'ida bor imkoniyatlarini ishga solib murabbiylarda iliq taassurot qoldirishni istashmoqda. Artyom esa jarohati tufayli operaciya qilinganidan beri mana asta-sekin individual shug'ullanishni boshladi. SHu o'rinda qachon maydonga qaytishi, qachondan umumiy guruhga qo'shilishi yuzasidan ham o'z rejalarini aytdi.  

-   Hozircha yakka o'zim yordamchi murabbiy bilan shug'ullanyapman. Ertalab jamoa bilan birga mashg'ulotlarga boryapman, obeddan keyin esa trenajyor zalida ishlayapman. 15-16 fevralgacha shu asnosida ishlashda davom etaman. “Buxoro”ning navbatdagi yig'ini ham yana Toshkentda bo'ladi. O'shanda umumiy mashg'ulotlarga qo'shilishdan umid qilyapman. Ayni paytda asta-sekin yugurishni boshladim.

FIRDAVSXON  
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика