Filipe Luis Di Mariyaning xotinini haqorat qilganini esga oldi
11 dek 2023 19:15
Yangiliklar
Filipe Luis Di Mariyaning xotinini haqorat qilganini esga oldi
Filipe Luis Anxel Di Mariyaning xotini haqidagi so'zlari uchun kechirim so'radi.
"Atletiko" sobiq himoyachisi "Real"ga qarshi bahsda argentinalik yarim himoyachiga ruhiy bosim o'tkazishga uringanini esladi.
"Real"ga qarshi bahsdan oldin Aguero menga quyidagi gaplarni aytdi: "Filipe, agar unga ruhiy bosim o'tkazsang, Di Mariya o'zini yo'qotib qo'yadi, o'yindan chiqadi. Birinchi navbatda uning xotini haqida gapir".
Bahs paytida Anxel oldiga bordim: "Xotining..." - nima deganimni bilmayman. Haqorat qildim, uning ayoli ismini tilga oldim. Di Mariya haqiqatdan ham o'zini yo'qotib qo'ydi, butun bahs davomida undan ustun keldim.
Uyga qaytganimdan so'ng qilgan ishimdan afsuslandim... Di Mariya, sendan kechirim so'rayman" - dedi "Flamengo" futbolchisi.
Fikrlar