So’nggi yangiliklar

20:00Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ва "Лочин" ўртасидаги 1/8 финалнинг илк ўйини бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  4 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  11 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  1 19:38"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 18:34Ўзбекистон U-21 — Россия U-21. Ўртоқлик ўйини учун таркиблар маълум  11 18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  11 18:03Мундиал йўлланмасини тақдим этган БАА — Ўзбекистон ўйинидан мухлислар ФОТОГАЛЕРЕЯси  1 17:38Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 16:25Тер Штеген "Барселона" матбуот босими орқали уни кетишга мажбур қилмоқчи деб ҳисобламоқда, аммо...  10 15:55"Ливерпуль" ва "Милан" собиқ футболчиси Сегунда клубига ўтди  1 15:28ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди?  10 15:10Индонезия терма жамоаси футболчиларига Хитой устидан қозонилган ғалаба учун Rolex соатлари совға қилинди  13 14:22"Ливерпуль" 120 млн евролик иккинчи трансферини тайёрламоқда  7 13:56Майк Меньян АПЛ гранди сафига ўтишга яқин  2 13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  16

Filip Rayevac: Raqobatdan qo'rqqanimda Bunyodkorga o'tmasdim Yangiliklar

Filip Rayevac: Raqobatdan qo'rqqanimda Bunyodkorga o'tmasdim

Malumki, Toshkentning Bunyodkor jamoasi o'z tarkibiga so'nggi mavsumni Qo'qon-1912da o'tkazgan hujumchi Filip Rayevacni qo'shib olgandi.

Serbiyalik forvard o'tgan yili chempionatda 7ta gol urishga muvaffaq bo'lgandi. Rayevac intervyu berish chog'ida «Bunyodkor»ga biror sov­rinni yutish uchun o'tganligini yashirmadi.

- Filip, transfer qay tarzda amalga oshdi? «Bunyodkor»ga sizni kim taklif qildi?

- SHaxsan «Bunyodkor» bosh murabbiyining taklifi bilan poytaxt jamoasi safiga kelib qo'shildim. Mirjalol Qosimovning murabbiylik salohiyati haqida eshitgandim. U bilan suhbatlashgach, bunga o'zim ham amin bo'ldim. «Bunyodkor»da o'zimni juda yaxshi his qilyapman.

- Nima uchun aynan «Bunyodkor»ni tanladingiz? Boshqa klublardan ham takliflar bormidi?

- Menga nafaqat O'zbekiston, balki xorij klublaridan ham takliflar tushdi. Lekin «Bunyodkor» varianti paydo bo'lganidan so'ng boshqa chorlovlar haqida o'ylamadim.

Boisi, «Bunyodkor» o'zining kichik bo'lsada, shonli tarix yo'liga ega klub. Qolaversa, poytaxt jamoasi. Bu erda barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Klub stadioni va akademiyasi bilan yaqindan tanishib chiqdim.

- Sir bo'lmasa, qaysi xorij klublaridan taklif olgandingiz?

- Qozog'istondan ikkita, Tailanddan esa bitta jamoa men bilan shartnoma imzolashga urindi. SHuningdek, «Bunyodkor»dan tashqari O'zbekistondan yana ikkita jamoadan chaqiruv bo'ldi. Ular orasidan «Bunyodkor»ni tanladim. Sababini yuqorida keltirdim.

- SHartnoma qancha muddatga imzolandi?

- Bir yillik bitim tuzdim. Lekin hammasi yaxshi davom etsa, kelishuvni yana uzaytirishimiz mumkin.

- Yangi klubingizda qaysi raqamni tanladingiz?

- 99! CHiroyli raqam-a?

- Albatta. Lekin nima uchun aynan 99? Bu raqam bilan bog'liq nimadir bormi?

- Aytarli hech narsa. SHunchaki, menga chiroyli raqamlar yoqadi.

- «Qo'qon-1912» jamoasida qolib, faoliyatingizni davom ettirishingiz mumkinmidi?

- Qo'qonda ham o'zimni yaxshi his qilayotgandim. Nolishga aslo hojat yo'q edi. SHunchaki, «Bunyodkor» nomdor jamoa bo'lgani uchun shu klubga o'tishga qaror qildim. Mening o'rnimda boshqa futbolchi bo'lganida ham shu yo'lni tanlardi.

Ayniqsa, legionerlar. Biz vatandan uzoqda futbolchilik faoliyatini olib boryapmiz. Demak, o'z oldiga katta vazifalarni qo'yadigan, sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan jamoa safida o'ynashimiz lozim. Menda shunday imkoniyat yuzaga kelgandi va undan foydalandim.

- «Qo'qon-1912» bosh murabbiyi No'mon Hasanov sizni osonlikcha qo'yib yubormagandir? YAqinda No'mon aka bilan aynan siz haqingizda suhbatlashganimda, «Filip jamoada qolsa, bundan xursand bo'lardim», degandi. SHu manoda uning o'zi bilan gaplashdingizmi?

- Ha, telefon orqali gaplashdik. Lekin yuzma-yuz suhbatlashishning hozircha imkoni bo'lmadi. CHunki men bu paytda xorijda hordiq chiqarayotgandim. Bir tomondan «Qo'qon-1912» jamoasi bilan shartnomam ham yakuniga etgandi.

- Sizga «Bunyodkor»da oson bo'lmaydi. Boisi, raqobat juda kuchli. Sinovlarga tayyormisiz?

- Ishoning, hammasi joyida bo'ladi. Raqobatdan qo'rqqanimda «Bunyodkor»ga o'tmasdim. Eng muhimi, sog'lom raqobatning borligi. Bunday holatda futbolchi o'sishga erishadi.

- «Qo'qon-1912» tarkibida o'tkazgan mavsumingiz haqida nima deya olasiz? Ko'nglingiz to'ldimi?

- Umuman olganda, jamoamiz uchun yomon mavsum bo'lmadi. Ayniqsa, birinchi davra uchrashuvlarini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdik. Namoyish etgan o'yinlarimizdan muxlislar ham xursand bo'lishdi.

Stadionga kelayotgan tomoshabinlarning soni ham fikrimga isbot bo'la oladi. Menga aytishlaricha, yil so'ngida O'FF o'tkazgan taqdirlash marosimida aynan qo'qonlik muxlislar eng yaxshi deb topilibdi. Qolaversa, Qo'qon xalqi juda mehmondo'st va ochiqko'ngil. Buni shahar ko'chalarida yursangiz, har qadamda sezasiz.

Afsuski, malum bir sabablarga ko'ra ikkinchi davrada o'zimiz xohlagan o'yinni ko'rsata olmadik. Buning natijasida qimmatli ochkolarni boy berib qo'ydik. Agar vaziyat bunday tus olmaganida, sovrinli o'rinlar uchun bemalol kurashishimiz mumkin bo'lardi.

SHaxsan o'zimga kelsak, jarohatlar o'z so'zini aytdi va mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkaza olmadim. To'g'ri, raqib darvozasini etti bor aniq nishonga oldim. Lekin yanada sermahsul o'yin ko'rsatishim mumkin edi. Bunga potencialim etardi.

- Mirjalol Qosimov bilan gaplashdingizmi? Zimmangizga qanday vazifalar yuklatildi?

- Jamoa chempionlikni maqsad qilgan. Tabiiyki, har bir futbolchining zimmasiga yuklanadigan vazifa shu niyatni ro'yobga chiqarishga hissa qo'shish bo'ladi.

- Futbolimizdagi kamchiliklar nimalarda ko'rinyapti?

- O'yinchilarning texnikasi va tezligi yomon emas. Faqat taktik tomondan ko'proq ishlash kerak, bu borada kuchli murabbiylar kam. Boshqa tomondan, o'sish ko'zga tashlanyapti.

Hozir qaerda yashayapsiz?

- Akademiya mehmonxonasida. Tez orada shahardan xonadon olishim kerak.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика