So’nggi yangiliklar

19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  0 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  0 19:05Суперлига. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  4 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  3 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  2 18:17Суперлига. "Қўқон-1912" - "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  7 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  5 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  3 17:33Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 12 та ўйиндан буён Наманганда мағлубият нималигини билмаяпти  0 17:15Футбол ҳақиқатан ҳам биринчи ўриндами?  2 17:12Копа соврининга даъвогарлар рўйхати эълон қилинди  5 16:45"Андижон"нинг словениялик легионери қаерда?  3 16:18Беҳрузбек Облақулов: "Вадим Карленович шошилмай ўйнашни айтганди. Якунда ўйинни қутқара олдик"  3 15:56"Навбаҳор" Наманганда "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  2 15:28Суперлига. "Насаф", "Динамо", "Бунёдкор" ва "Нефтчи" меҳмонда ютқазмаяпти  5

Filip Ivanovich: "Butun etiborimni "Navbahor" ishtirokidagi o'yinlarga qaratganman. Boshqa erga ketishni xayolimga ham keltirmayman" Yangiliklar

Filip Ivanovich: "Butun etiborimni "Navbahor" ishtirokidagi o'yinlarga qaratganman. Boshqa erga ketishni xayolimga ham keltirmayman"

Namangan jamoasining serbiyalik himoyachisi Filip Ivanovich 2018-2021 yillarda Ozarbayjonning "Sabah" (Masazir) klubida to'p tepib, mazkur jamoa azolarini sardor sifatida maydonga olib tushgan va ozarbayjonlik futbol muxlislariga yaxshi tanish.

SHu bois, Ozarbayjonning azerisport.com muxbiri Yusif Aliev Filip Ivanovichdan intervyu oldi. Quyida mazkur suhbatning "Navbahor" hamda yurtimiz futboliga oid qismlarini etiboringizga havola etamiz.

- Filip, avvalo, sizni jamoangiz Osiyo CHempionlar Ligasi 1/8 finaliga chiqqani bilan tabriklaymiz. O'zbekistondagi faoliyatingiz yaxshi kechayotganga o'xshaydi...

- Tabrik uchun rahmat. Ha, hammasi yaxshi kechmoqda. Biz muvaffaqiyatga erishish, bizga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz. Garchi guruhimiz ancha kuchli bo'lsa-da, keyingi bosqichga yo'l olishga muvaffaq bo'ldik.



- "Navbahor"ning guruhidan Neymar va Aleksandr Mitrovich singari futbolchilarga ega Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasi ham joy olgandi. Bunday taniqli futbolchilarga qarshi o'ynash qanday bo'ldi?

- Menga CHempionlar Ligasida shunday futbolchilarga qarshi o'ynash ham zavq, ham katta tajriba berdi. Biz juda yaxshi jamoa ekanligimizni namoyish etdik. Safarda "Al Hilol"ga qarshi kechgan bahsda g'alaba qozonishga juda yaqin turgandik. Biroq raqib oxirgi daqiqalarda hisobni tenglashtirdi. Boshqa uchrashuvlarda ham yaxshi o'yin ko'rsatdik. Natijada peshqadam "Al-Hilol"dan bor-yo'g'i 3 ochko ortda qolib, guruhdan chiqdik.

Pley-off bosqichida Karim Benzema, N`Golo Kante va Fabino to'p tepadigan Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi bilan to'qnash kelishimizdan xabaringiz bo'lsa kerak. Ushbu bosqichda biz zafar quchish uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz. 



- Sizga Ozarbayjondan ham takliflar bo'ldimi?

- "Navbahor" klubi bilan tuzilgan shartnomam joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. CHempionlar Ligasining 1/8 finaliga chiqdik. SHu bois, jamoani  o'zgartirish niyatim yo'q. Butun etiborimni "Navbahor" ishtirokidagi o'yinlarga qaratganman. Boshqa erga ketishni xayolimga ham keltirmayman.

- Ozarbayjon va O'zbekiston chempionatlarini taqqoslay olasizmi?

- Rostini aytsam, taqqoslashni istamayman. Boisi, futbol har kuni rivojlanmoqda. Butun dunyoda futbol o'ynashni bilishadi.

Takidlash joizki, Ozarbayjon va O'zbekiston chempionatlarida to'p tepish men uchun katta tajriba. Qolaversa, ushbu mamlakatlar ligalarida o'ynash maroqli.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика