Figu: “Ronalduni o'rnini bosib bo'lmaydi, ammo “Real” u siz ham g'alaba qozonish yo'lini topdi”
26 iyu 2020 08:27
Yangiliklar


Figu: “Ronalduni o'rnini bosib bo'lmaydi, ammo “Real” u siz ham g'alaba qozonish yo'lini topdi”
“Real”ning sobiq yarim himoyachisi Luish Figu qirollik klubining Ronaldusiz ham La Liga chempionligiga erishganligi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Krishtianu 2009-2018 yillarda “Real”da to'p tepib, keyinchalik “Yuventus”ga ko'chib o'tgandi.
“Krishtianu “Real” uchun judayam muhim futbolchi edi, o'z navbatida Ronaldu uchun “Real” muhim klub edi. U alishtirib bo'lmaydigan futbolchi edi, ammo “Real” Ronaldusiz ham g'alaba qozonish yo'lini topdi”, deya Figuning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda AS.
Yakuniga etgan mavsumda “Real”ning chempionatdagi asosiy raqobatchisi “Barselona” bo'ldi. Ammo ko'k-anorranglilar mavsumni chempiondan besh ochko kam jamg'arib, yakunlashdi.
“Real”da Ronaldu ikki martadan mamlakat chempioni va kubogi sohiibi, 4 marta ECHLda bosh sovrinni qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar