FIFA.UZ: Oliy ligada dastlabki mavsum yakunlandi
13 noy 2013 17:27
Yangiliklar

FIFA.UZ: Oliy ligada dastlabki mavsum yakunlandi
Mart oyida O'zbekistondagi birinchi virtual futbol sayti FIFA.UZ ishga tushgandi. Mamlakatimiz futbol ishqibozlari uchun yangilik bo'lgan ushbu loyiha 10 000dan ortiq futbol ishqibozini bir erga jamlay oldi.
Ishtirokchilar haqiqiy futbolchilarning natijalari evaziga ochkolar ishlashdi, tanimagan futbolchilarini tanib olishdi, do'stlar orttirishdi va sovg'alarga ega bo'lishdi. Qisqa qilib aytganda oliy ligaga bo'lga qiziqish oz bo'lsada ortdi. To'g'ri kamchiliklar ham bo'lganini inkor qilmaymiz, biroq bu loyiha tashkil etilganiga atiga bir necha oy bo'lganini unutmang. Keyingi yili sayt yanada mukammalashadi, ishtirokchilarning talablariga ko'ra sayt rivojlanishda davom etadi. Bu borada ish allaqochon boshlab yuborilgan.
Noyabr oyi kelib yurtimizda milliy chempionat o'z poyoniga etdi. To'qqiz oy davom etgan chempionat bilan birga FIFA.UZ da ham mavsum tugadi.
Etiborlisi xuddi oliy ligada bo'lgani kabi FIFA.UZ da ham "Bunyodkor" chempion bo'ldi. Ushbu jamoa qolgan raqobatchilardan ancha ilgarilab keta olib g'oliblikka erishdi.
Ikkinchi o'rinni "Buygozok FK" qo'lga kiritdi, undan 5 ochko kam jamg'argan "Manchester United" uchinchi o'rinni band etdi.
FIFA.UZ da mavsumni kuchli uchlikda yakunlagan uchta ishtirokchiga oliy liga jamoalariga taqdim etiladigan medallarning asl nusxalari topshiriladi. Taqdirlash marosimi haqida alohida xabar beramiz.
Eslatib o'tamiz, Evropa milliy chempionatlari uchun "Mega Sovg'a" elon qilgandik.

Fikrlar