FIFA.UZ: Oliy ligada dastlabki mavsum tugamoqda
02 noy 2013 09:00
Yangiliklar

FIFA.UZ: Oliy ligada dastlabki mavsum tugamoqda
Mart oyida O'zbekistondagi birinchi virtual futbol sayti FIFA.UZ ishga tushgandi.
Yurtimiz futbol ishqibozlari uchun yangilik bo'lgan bu loyiha 11000dan ortiq insonni bir erga jamlay oldi.
Ishtirokchilar haqiqiy futbolchilarning gollari evaziga ochkolar ishlashdi, tanimagan futbolchilarini tanib olishdi, do'stlar orttirishdi va sovg'alarga ega bo'lishdi. Qisqa qilib aytganda oliy ligaga bo'lga qiziqish biroz bo'lsada ortdi. To'g'ri kamchiliklar ham bo'lganini inkor qilmaymiz, biroq bu endigina birinchi mavsum bo'lganini unutmang. Keyingi yili sayt yanada mukammalashadi, bu borada ish boshlab yuborilgan.
Noyabr oyi kelib yurtimizda milliy chempionat o'z poyoniga etmoqda. To'qqiz oy davom etgan chempionatga qo'shilib FIFA.UZ da ham mavsum tugamoqda.
Qizig'i xuddi oliy ligada bo'lgani kabi FIFA.UZ da ham "Bunyodkor" chempionlikka juda yaqin turibdi. Ammo bu futbol ekanini unutmang, so'nggi ikki turda barcha narsa sodir bo'lishi mumkin.
Ayni paytda ikkinchi va uchinchi o'rinlar uchun 10ga yaqin jamoa kurash olib boryaptilar. Ayni paytda 10-o'rindagi jamoa ikkinchi pog'onadan joy olib turgan "Manchester United"dan bor yo'g'i 55 ochko ortda qolyapti. Kuchli o'nlik esa quyidagicha ko'rinish olgan:
1.Bunyodkor 1317
2.Manchester United 1213
3.Buygozok FK 1212
4.soccer17uz 1199
5.VODIL SITY 1197
6.bahodirmirzo 1190
7.Shovotlandiya 1178
8.Fc Qahramon(Qoqon) 1168
9.SHoxobod FK 1158
10.Navro'z 1155
FIFA.UZ da mavsumni kuchli uchlikda yakunlagan uchta ishtirokchiga oliy liga jamoalariga taqdim etiladigan medallarning asl nusxalari topshirilishidan xabaringiz bor. Balki ko'pchilik uchun dastlabki o'rin etib bo'lmasdek ko'rinar, ammo keyingi ikki o'rin uchun kurash so'nggi soniyaga qadar davom etishiga shubha yo'q.
3 va 8 noyabr kunlari oliy ligada so'nggi 25 va 26-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Mana shu turlarda barcha narsa hal bo'ladi.

Fikrlar