FIFA.UZ: Angliya premer-ligasi startiga 4 kun qoldi!
04 avg 2015 22:00
Yangiliklar
FIFA.UZ saytida Angliya premer ligasining 2015/2016 yilgi mavsum uchun bag'ishlangan bo'limi ochilgani haqida xabar bergandik. Birinchi tur dedlaniga 4 kun vaqt qoldi.
CHempionat 8 avgust kuni start oladi va keyingi yilning may oyida tugaydi. Unda Angliyaning eng kuchli 20ta klubi ishtirok etadi. CHempionat 38 tur davom etadi. Dunyoning eng ommabop va kuchli ligalaridan biri bo'lgan APL uchun jamoa tuzing va boshqalar bilan bellashing! Hozirga kelib 500ga yaqin jamoa tuzib bo'lindi. Jamoa tuzishga o'tish - FIFA.UZ
Birinchi tur juftliklari:
Manchester Yunayted - Tottenxem
Everton - Uotford
Lester - Sanderlend
Norvich - Kristal Pelas
Bornmut - Aston Villa
CHelsi - Suonsi
Arsenal - Vest Xem
Nyukasl - Sautgempton
Stok Siti - Liverpul
Vest Bromvich - Manchester Siti
Ilk tur dedlayni 8 avgust kuni 15:45da tugaydi!
Bundan tashqari FIFA.UZ saytida Franciya chempionatining yangi mavsumi uchun jamoa tuzishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar