FIFAning etakchi eksperti Qarshida seminar mashg'ulot o'tkazadi
09 dek 2015 10:51
Yangiliklar


FIFAning etakchi eksperti Qarshida seminar mashg'ulot o'tkazadi
Monika SHtaab 9-23 dekabr kunlari Qarshi shahrida mamlakatimizning futbol bo'yicha ayollar jamoalari murabbiylari va etakchi futbolchilari uchun seminar mashg'ulotlari o'tkazadi.
Bugun 9 dekabr kuni soat 15:00da mazkur loyihani taqdimoti va ochilish marosimi bo'ladi.
Seminar – mashg'ulotlar 10 dekabrdan boshlab Qarshi shahridagi “Geolog” sport va madaniy sog'lomlashtirish markazida bo'lib o'tadi. Seminar ham nazariy ham amaliy tarzda o'tkaziladi, shuningdek seminar rejasida murabbiylar uchun master-klasslar ham o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 31 nafar murabbiy va futbolchilar ushbu seminarda ishtirok etishadi. FIFAning etakchi eksperti Monika SHtaabga O'zbekiston Ayollar Futbol Associaciyasidan bir necha masul shaxslar ham hamrohlik qilishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar