FIFA vakili O'FA rahbariyati bilan uchrashdi
05 apr 2021 21:08
Yangiliklar
FIFA vakili bugun O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati bilan uchrashib, O'FA huzurida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan o'quv-mashg'ulot bazasining qurilish rejasi bilan tanishdi. Ushbu loyiha uchun hukumatning tegishli qaroriga ko'ra ajratilgan 12 gektar er maydoni ko'zdan kechirilib, loyiha rejasi va chizmalari atroflicha o'rganib chiqildi.

Ander Vashkevich kelgusi 3 kun mobaynida ham Toshkent viloyatida bo'lib, yangi o'quv bazasiga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda ishtirok etishi rejalashtirilgan
Loyihaga asosan tabiiy chimga ega 6 ta va 1 ta suniy futbol maydoni, angar tipidagi futzal maydoni, 150 o'rinli mehmonxona majmuasi, 700 kv.m. maydonga ega sport zallar, mini-futbol va sohil futboli bilan shug'ullanish uchun 1 ta alohida maydon, 150 kishiga mo'ljallangan restoran, 130 kishilik anjumanlar zali, shuningdek, kutubxona, muzey va dam olish maskanlari qurib bitkaziladi.
SHuningdek, mazkur hududda funkcional diagnostika, sportchilarni sog'lomlashtirish va reabilitasiyasi uchun zamonaviy sport tibbiy markazini tashkil qilish va zarur tibbiy asbob-uskuna va jihozlar bilan taminlash maqsadida sport tibbiyoti markazi faoliyati yo'lga qo'yiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar