

Infantino g'oyasiga ko'ra, qatnashchilar soni 7tadan 24taga etadi va turnir to'rt yilda bir marta o'tkaziladi.
Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining hozirgi formatidan 2005 yildan beri foydalanilmoqda. Ushbu musobaqaning so'nggi g'olibi "Real".
Ma'lumotlarga ko'ra, Infantinoning g'oyasi kengash a'zolari hamda UEFA vakillari tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlanmadi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq FIFA klublar o'rtasidagi JCH ishtirokchilari sonini 32taga etkazish g'oyasini taklif qilgan edi.



