FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev Portugaliya – Marokash o'yiniga tayinlandi
19 iyu 2018 16:59
Yangiliklar
FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev Portugaliya – Marokash o'yiniga tayinlandi
Rossiyada bo'lib o'tayotgan futbol bo'yicha Jahon chempionatiga O'zbekiston birinchi marta bosh hakam, laynsmenlar, hakamlar nazoratchisi va uchrashuv komissaridan iborat to'liq tarkibda tashrif buyurayotgani xaqida malumot berib o'tgan edik.
Guruh o'yinlarining “V” guruhi 2-turidan o'rin olgan Portugaliya – Marokash bellashuvida o'zbekistonlik FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev ishlaydigan bo'ldi.
Farhod Abdullaev mazkur uchrashuvga hakamlar nazoratchisi etib tayinlangan. O'zbekiston vakili bilan birgalikda o'yinni olib boruvchi guruh azolari quyidagilardan iborat:
JCH–2018. “B” guruhi, 2-tur
Portugaliya – Marokash
Bosh hakam: Mark Geyreg (AQSH)
Qanot hakamlari: Frenk Anderson (AQSH), Jo Fletcher (Kanada)
Zaxira hakami: Sergey Karasev (Rossiya)
Nazoratchisi: Farhod Abdullaev (O'zbekiston)
Fikrlar