FIFA Ukraina FFni jarimaga tortdi

Aslanov Jasurbek
3 okt 2017, 01:28
FIFA Ukraina futbol Federatsiyasini jazolashga qaror qildi.

Gap shundaki, Ukraina terma jamoasi muxlislari JCH-2018 saralash bosqichi doirasidagi Turkiya  va Islandiyaga qarshi kechgan uchrashuvlarda tartibsizliklarni yuzaga keltirishgan.

FIFA vaziyatni o'rganib chiqib, Turkiya terma jamoasiga qarshi o'yindagi muxlislarning xatti-harakati uchun Ukraina FFni 45 000 frank (39 400 evro) miqdoridagi jazoga tortdi. Islandiya bilan o'yindagi holat uchun 2 600 evro jarima belgilandi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif