So’nggi yangiliklar

15:35Мбаппенинг онаси: "Ўғлим ҳеч қачон алдамаган"  0 15:02"Арсенал" қора рангдаги либосини тақдим этди  0 14:52"Атлетико" тез орада 30 млн. евролик трансфер ҳақида эълон қилади  0 14:19Ўзбекистон U23 терма жамоаси янги либосларда машғулот ўтказди  11 13:41"Барселона" янги мавсум учун либосини тақдим этди  5 13:26ФИФА рейтинги янгиланди. Ўзбекистон кўтарилди  15 13:08Аёллар ОЧЛ саралаш босқичига қуръа ташланди. Бу баҳсларда қайси жамоамиз иштирок этади?  1 12:5836 ёшли Ракитич Гаттузо, Перишич ва Калинич бор Хорватия клубига ўтади  2 12:34Клопп Англияга рад жавобини берди  3 12:01ПСЖ Осимхен учун икки ҳужумчидан бирини танлаши керак  2 11:47"Бунёдкор" Тошкентда учта ўртоқлик учрашуви ўтказади. Рақиблардан бири терма жамоа  2 10:45ПСЖ икки нафар супер трансфер бўйича келишувга эришди — Фабрицио Романо  6 10:13«Арсенал» Европа чемпионини сотиб олмоқчи  1 09:45«Барселона» собиқ футболчиси ярим йиллик Саудия Арабистонидаги фаолиятидан сўнг Европага қайтмоқчи  6 09:18Англия терма жамоасини бошқариш учун асосий номзод номи маълум  4

FIFA U-17 Jahon chempionatida o'ynagan bugungi kundagi yulduzlar (mutolaa uchun) Yangiliklar

FIFA U-17 Jahon chempionatida o'ynagan bugungi kundagi yulduzlar (mutolaa uchun)

Neymar, Pedri, Foden va Son bizning global turnirni bezagan 13 yulduzimiz ro'yxatida.


- Jahon chempionati U-17 joriy yilning 10 noyabrida start oladi.

- Ushbu turnirda o'tgan yillarda hozirgi yulduz hisoblanadigan ko'plab o'yinchilar to'p tepishgan.

- Son Xyon Min, Neymar va Viktor Osimxen kabilar bunga misol.


FIFA Jahon chempionati U-17da ko'plab ajoyib o'yinchilar harakat qilishgan. Janluiji Buffon, Ronaldino va Sesk Fabregas kabi o'yinchilar o'zlarining faoliyatlarini cho'qqisiga qadar 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishgan.

FIFA nufuzli turnirda jahon arenalaridagi ilk qadamlarini qo'ygan hozirgi super yulduzlarni jamladi.



Toni Kroos

Faoliyati davomidagi yuqorilash va pasayishlar bo'lgan barqarorlik mayoqchasi Kroos 2007 yilgi turnirda "adidas Oltin To'p"ini qo'lga kiritdi, shuningdek Germaniya terma jamoasiga bronza medallari qo'lga kiritilishida yordam berib, mashhurlikka erishdi. U "Bavariya" va "Real" bilan ko'p sovrinlarga ega chiqdi.

Bilarmidingiz?

O'zining ajoyib to'p uzatish qobiliyati tufayli Kroos 2014 yilgi jahon chempionatida Garçom yoki "oficiant" laqabini olgan.


Neymar

Braziliyalik jahon sahnasiga ilk bor 2009 yilda chiqdi. U o'zining A Seleção'dagi ilk gollarini ushbu musobaqa davomida kiritgan bo'lsa ham, jamoasining U-17 guruh bosqichidan 20 yildan oshiq vaqt davomida chiqa olmayotganiga chek qo'ya olmadi. U o'shandan beri "Barselona" va PSJda o'ynab, Olimpiadagining oltin medallarini qo'lga kiritdi.

Bilarmidingiz?

Neymarni 2010 yilgi Jahon chempionati uchun Braziliya terma jamoasiga jalb qilishga atalgan peticiyaga 14000ga yaqin imzo to'plangan, ammo murabbiy Dunga o'smirni tarkibga jalb qilmagan.


Alisson Beker

Alisson ham turnirda Braziliyaning barcha o'yinlarida ishtirok etdi, ammo darvoza dahlsizligini saqlab qola olmadi. U 10 yildan oshiq vaqt davomida "Internasonal"ning bolalar klubida o'ynadi. SHundan so'ng esa "Roma" va "Liverpul"ga yo'l olib dunyoning eng yaxshi posbonlaridan biriga aylandi.

Bilarmidingiz?

U 2021 yilning may oyida "Liverpul" safida qachonlardir gol urgan, shuningdek "Vest Xem"ga qarshi o'yinda bosh bilan so'nggi daqiqalarda gol urgan holda Premer-ligadagi ilk g'alaba goli muallifiga aylandi.



Kazemiro

A Seleção'ning yulduzli uchligini 2009 yildagi turnirda Braziliya terma jamoasi safida guruh bosqichidagi uch o'yindan ikkitasida qatnashgan yarim himoyachi Kazemiro yakunlab beradi. U besh bor UEFA CHempionlar ligasi va uchta futbol bo'yicha klublar o'rtasidagi JCHda g'olib chiqqan holda o'zining afsonaviy damlarini "Real"da o'tkazdi, so'ngra "Manchester Yunayted"ga o'tdi.

Bilarmidingiz?

Muvaffaqiyatsiz o'tgan 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi JCHdan so'ng Kazemiro Kolumbiyada o'tkazilgan 20 yoshgacha o'yinchilar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib chiqqan.



Mario Gyotce

2009 yildagi turnirda "super" Mario uchta to'p kiritdi, ammo u 1/8 finalda bo'lajak chempionlar bo'lmish SHveycariya bilan o'yindagi mag'lubiyatdan jamoasini qutqara olmadi. U turnirdan qaytganidan so'ng tez orada Bundesligada debyut qiladi, qolgan narsalar esa tarix.

Bilarmidingiz?

2014 yilgi JCH finalida g'alaba golini urgan Gyotce zaxiradan tushib bu ishni qilgan ilk o'yinchi bo'ldi, shuningdek 1966 yildagi Volfgang Veberdan so'ng eng yosh to'purarga aylandi.


Mark-Andre ter SHtegen

"Barselona" afsonasi o'sha 2009 yildagi muvaffaqiyatsiz turnirda ham Gyotcening orqasida darvozani qo'riqlayotgandi. U 2014 yilda "Barselona"ga yo'l olishidan oldin "Borussiya Myonxengladbax"ning yoshlar klubida 100dan ortiq o'yin o'tkazgan.

Bilarmidingiz?

Ter SHtegen 2022/23 yilgi mavsum La Ligada 26ta quruq o'yin o'tkazgan holda yangi rekord o'rnatdi.



Son Xyon Min

2009 yilgi turnirda uchta gol urganlar guruhida "Tottenxem" super yulduzi Son ham bor edi. Uning uch zarbasi Koreyaga Nigeriyadagi chorak finalda ijobiy natija ko'rsatishga yordam bergan. Hujumchi "Gamburg" va Leverkuzenning "Bayer" klubida o'ynagan, so'ngra "SHporlar"ga muvaffaqiyatli o'tish amalga oshgan.

Bilarmidingiz?

U 111ta gol bilan [05.11.23 holatiga ko'ra] Premer-liga tarixida eng ko'p gol urgan OFK futbolchisi hisoblanadi.


Markinos

Braziliya 2011 yilda yarim final bosqichiga qadar etib borgan holda muvaffaqiyatli ishtirok etdi, himoya markazida esa Markinos bor edi. U keyingi yili "Roma"ga qo'shildi, atigi 12 oy o'tib esa hozirga qadar o'ynayotgan jamoasi bo'lmish PSJga o'tdi.

Bilarmidingiz?

Markinos 2013 yilda 27 million funt evaziga PSJga o'tganida futbol tarixidagi eng qimmat beshinchi himoyachi bo'lgan. O'sha paytda faqatgina Rio Ferdinand, Tiago Silva, Lilian Tyuram va Dani Alves qimmatroq turishgan.



Viktor Osimxen

Nigeriya beshinchi oltin tojni qo'lga kiritganda Osimxen 2015 yilda rekord 10 golni urdi. U "Volfsburg", "SHarlerua va "Lill"da harakat qildi, so'ngra 2023 yilda liganing eng yaxshi to'purari sifatida "Napoli"ga tarixiy chempionlik titulida yordam berdi.

Bilarmidingiz?

U 2022/23 yilgi mavsum 26 gol bilan A Seriyada bir mavsumda afrikalik tomonidan urilgan gollar soni bo'yicha Samuel Eto'oning rekordini yangiladi, shuningdek divizionda o'ynagan eng samarador Jorj Veadan ham o'tib ketdi.


Trent Aleksandr-Arnold

"Liverpul" afsonasi turnirda 2015 yilda faqatgina bir bor o'ynagan, Angliya o'shanda tarixda ilk bor guruhdan chiqa olmagan. Ammo, u o'shandan so'ng "qizillar" bilan ko'plab sovrinlar va Angliya terma jamoasi safida 20dan ortiq o'yinlar o'tkazgan holda katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

Bilarmidingiz?

Aleksandr-Arnold maydondan tashqarida shaxmatga juda ham qiziqadi va o'tmishda jahon chempioni Magnus Karlsen bilan to'qnash kelgan.



Fil Foden

Fodenning o'yinlari Angliya terma jamoasini 2017 yil Hindistondagi turnirda g'olib bo'lishga yordam berdi. "Manchester Siti" vunderkindi Ispaniyaga qarshi 5:2 hisobida tugagan final o'yinida dubl qayd etdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U jonajon jamoasi safida ko'plab gollar urdi va sovrinlarga erishdi.

Bilarmidingiz?

Foden 47 yoshida vafot etgan marhum bobosiga hurmat bajo keltirish uchun shu raqamni kiyadi.


Orelen CHuameni

CHuameni ham 2017 yilgi turnirda bor edi va Franciyaga ajoyib o'tgan guruh bosqichida g'alaba qozonishga yordam berdi, ammo Ispaniyaga qarshi o'yindagi mag'lubiyat ularning kubok bilan xayrlashishga majbur qildi. U "Monako" va "Real"da o'ynadi va yuqori darajadagi xalqaro etirofga sazovor bo'ldi. U Qatarda o'tkazilgan JCHda jamoasiga finalga qadar o'yinlarda yordam berdi va unda jamoasi Argentinadan mag'lub bo'ldi.

Bilarmidingiz?

Hozirda klub va terma jamoasi safida kuchli yarim himoyachi bo'lgan CHuameni faoliyatini hujumchi sifatida boshlagan.


Pedri

Ispaniyaning yangi avlodida ushbu "Barselona" o'yinchisi ajralib turadi. Texnik jihatdan iqtidorli va barkamol yarim himoyachi Ispaniyaning 2019 yilgi turnir chorak finaliga chiqqanida ko'zga tashlangandi.

Bilarmidingiz?

Pedri o'rta maktabda barcha yo'nalishlar bo'yicha fanlarni alo baholarga yakunlagan va unga Las-Palmas-de-Gran-Kanariya universitetida tibbiyot yo'nalishida o'qish uchun stipendiya taklif etilgan.



FIFA.com saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика