So’nggi yangiliklar

01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  10 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  14 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  9 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5

FIFA sayti: O'zbekiston - Osiyoning uxlab yotgan gigant jamoasi Yangiliklar

FIFA sayti: O'zbekiston - Osiyoning uxlab yotgan gigant jamoasi

Teglar :  O'zbekiston MTJFIFA
FIFA rasmiy sayti U-23 Osiyo chempionatida g'olib chiqqan O'zbekiston yoshlar terma jamoasining yutug'idan tasirlanib maqola chop etdi.

"Xitoyda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston yoshlar terma jamoasining g'olib chiqishi katta voqelik bo'ldi. Buni ko'pchilik kutmagandi va yakunda barcha o'zbekistonliklarning ishtirokidan hayron qoldi. Musobaqa davomida Ravshan Haydarov jamoasi juda yaxshi o'yin namoyish etib, haqli ravishda chempionlikni qo'lga kiritdi".

"O'zbekiston U-23 terma jamoasining ayniqsa chorak finalda Yaponiyani 4:0, yarim finalda esa Janubiy Koreyani 4:1 hisobida mag'lub etishi ko'plab shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Bu o'z navbatida jamoaning yuqori saviyasidan darak beradi. Albatta, qo'lga kiritilgan yutuq O'zbekiston terma jamoasining FIFA reytingidagi o'rniga tasir qilmaydi, shunga qaramay kelajakda bu jamoa iqtidorlarga boy deya olamiz. O'zbekiston yaqin o'n yillikni istedodli futbolchilar bilan taminlab qo'ydi".

Terma jamoaga oid bazi malumotlar:
Birinchi rasmiy o'yini: O'zbekiston - Tojikiston 2:2 (1992 yil)
Eng yirik g'alabasi: O'zbekiston - Mo'g'uliston 15:0 (1998)
Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi: Server Jeparov (126)
Eng yaxshi to'purar: Maksim SHackix (34)

"O'zbekiston terma jamoasiining Osiyo futbolida tutgan o'rni katta. Bu jamoa har doim jahon chempionatiga chiqishga yaqin kelgan , biroq so'nggi pallada omad tufayli imkoniyatni boy bergan. Ammo Osiyoda hamma O'zbekistonga jiddiy raqib sifatida qaraydi. Masalan, oxirgi saralashda ham O'zbekistonning mundialga borishiga bir bahya qolgandi. Agar jamoa o'z maydonida Janubiy Koreyani mag'lub etganida edi, biz JCH ishtirokchilari orasida O'zbekistonni ham ko'rgan bo'lardik. JCH-2014 saralash o'yinlarida O'zbekiston 14 ochko to'plab ham jahon chempionatiga bora olmagandi".

"Mana shu natijalar ham O'zbekiston terma jamoasining kuchidan darak beradi. O'zbekiston martda Senegal va Marokash, may oyida esa Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi. Har uchala raqib jahon chempionatiga chiqqanini hisobga olsak, bu o'yinlar O'zbekiston uchun katta foyda beradi".

"O'zbekistonda ayniqsa bolalar futboliga etibor yuqori. Masalan, yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionlari Dostonbek Hamdamov bilan Akromjon Komilov 2012 yil o'tkazilgan U-16 Osiyo chempionatidayoq muxlislarga tanilgandi. Qolaversa, bu yurtning yoshlar va o'smirlar jamoalari 2011 yil Meksikada o'tkazilgan, shuningdek turli yillarda Misr, Turkiya va Yangi Zelandiyada bo'lib o'tgan kichik mundiallarda ishtirok etgan. Endilikda muxlislar faqat bir narsani kutmoqda deyish mumkin, u ham bo'lsa bosh jamoani jahon chempionatida ko'rish".

Reyting: +219   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика