So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  10 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  70 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  3 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  2 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  0 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  5 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   9 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

FIFA reytingi: Xitoy 1740 kundan so'ng quvib o'tildi. Belgiyadan kuchliroq O'zbekiston terma jamoasi Yangiliklar

FIFA reytingi: Xitoy 1740 kundan so'ng quvib o'tildi. Belgiyadan kuchliroq O'zbekiston terma jamoasi

FIFA 23 iyun kuni terma jamoalar reytingini taqdim etdi.

Ushbu reytingda Srechko Katanec boshchiligidagi terma jamoamiz avvalgi reytingga qaraganda 6 pog'ona yuqoriladi va 83-o'rindan 77-o'ringa chiqib oldi.

Reytingdagi bu o'sishga Osiyo Kubogi saralash o'yinlari sabab bo'lgani tushunarli. Tailand, Maldiv orollari va SHri-Lanka ustidan qozonilgan g'alabalar bizga reytingda yuqorilash uchun zamin yaratdi. Ammo bu o'yinlar o'zkazilganiga Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga chiqa olmaganimiz sabab bo'lganini unutmaslik lozim.

Modomiki reytingda yuqorilagan ekanmiz, bir necha ijobiy ko'rsatkichlarni qayd etish joiz:

- O'zbekiston terma jamoasi 1064 kundan so'ng Osiyoning kuchli o'ntaligiga qaytdi. O'zbekiston so'nggi marta 2019 yilning 25 iyul kuni reytingda Osiyoning kuchli 10 ta jamoasi ichiga kirgandi. Biz xayolimizda hali ham Osiyoning kuchli to'rtta termasidan birimiz. Ammo raqamlarga etibor bersak, deyarli 4 yildan beri reytingda Osiyoning kuchli 10 ta jamoasi ham emas edik.



- 1740 kundan so'ng yana Xitoydan oldinda qayd etildik. 2017 yilgi Janubiy Koreyaga qarshi o'sha mashxur o'yindan so'ng O'zbekiston reytingda pastga sho'ng'igandi. 2017 yil 14 sentyabr kuni elon qilingan reytingda Xitoy 62-o'rinni, O'zbekiston esa 69-o'rinni band etgan. O'shandan beri reytingda Xitoy bizdan yuqorida qayd etilardi. Albatta, Xitoy mamlakatida yuzaga kelgan pandemik vaziyat sabab xitoyliklar so'nggi FIFA kunlarida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishmadi, biroq reytingda uzrli sabablarga ochko berilmaydi.

- O'zbekiston deyarli 4 yildan so'ng FIFA reytingida kuchli 80 ta terma jamoa safiga qaytdi. 2018 yilning 1 iyul kuni termamiz FIFA reytingida 80-o'rinda etirof etilgandi.

- Hozirgi o'rnimizdan yaxshiroq pog'onaga esa oxirgi marta 2018 yilning 15 mart kuni ko'tarilganmiz - 72-o'rin.


Belgiyadan kuchliroq O'zbekiston terma jamoasi

O'zbekiston terma jamoasi tarixdagi eng yaxshi natijasini 2006 yilning 22 noyabr sanasida qayd etgan. Terma jamoamiz o'shanda FIFA reytingida 45-o'rinni egallagan. O'shanda Osiyoda uchinchi o'rinda qayd etilganmiz. Bizdan oldinda faqat Eron va Avstraliya bor edi. Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni esa pastda joylashgandi. 

FIFA reytingi: (22 noyabr, 2006 yil)


SHuni takidlab o'tish joizki, O'zbekiston milliy jamoasi o'sha reytingda uncha-muncha Evropa terma jamoalaridan ham yuqoriroqda qayd etilgan. 2006 yilgi reytingda Belgiya, Uels, Norvegiya, Finlyandiya va yana bir qancha Evropa qitasi terma jamoalari O'zbekistondan pastda qayd etilgan. Ajoyib-a!? 

O'zbekistondan quyida joylashgan UEFA terma jamoalari (22 noyabr, 2006 yil):

To'g'ri, o'sha payt yuqoridagi Evropa terma jamoalari hozirgidek kuchga ega bo'lishmagandir. FIFA reytingi terma jamoalarning kuchini belgilovchi aniq o'lchov ham emas. Ammo bu narsa o'sha reytingda ulardan yuqorida bo'lganimizni inkor etmaydi.


O'zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida o'z tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan (45-o'rin) 2006 yilning 22 noyabr sanasidan roppa-rosa bir hafta oldin O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi-2007 saralashi doirasida Qatarni 2:0 hisobida mag'lub qilgandi. Demak, aynan o'sha terma jamoa tarixdagi eng yaxshi natijamizni qayd etgan.

O'zbekiston – Qatar – 2:0

15.11.2006. Toshkent. “Paxtakor” Markaziy stadioni. 20000 tomoshabin.
Gollar: Leonid Koshelev 31, Ilyos Zeytullaev 53.
CHetlatishlar: Maksim SHackix 60 – Abdullox Al Berik 60.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Andrey Fyodorov, Vitaliy Denisov, Aleksey Nikolaev, Asror Aliqulov, Vladislav Kiryan, Temur Kapadze (Ulug'bek Baqoev, 90), Leonid Koshelev (Aleksandr Geynrix, 83), Ilyos Zeytullaev (Viktor Karpenko, 65), Server Jeparov, Maksim SHackix.

Ko'rib turganingizdek, futbolimiz turli davrlarni boshdan o'tkazgan. Umid qilamizki, milliy jamoamiz avvalgi mavqeini yaqin orada tiklab olishga erishadi.

Tez orada esa sizlar bilan FIFA reytingi va SHri-Lanka ustidan qozonilgan g'alaba bizga reytingda necha ochko bergani haqida gaplashamiz. Championat.asia'da qoling.

Jalolxon Inog'omxo'jaev

Muallif : I.J.I
Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика