FIFA referisi Valentin Kovalenkoga "O'zbekiston Konstituciyasiga 25 yil" esdalik nishoni topshirildi
20 dek 2017 09:41
Yangiliklar
FIFA referisi Valentin Kovalenkoga "O'zbekiston Konstituciyasiga 25 yil" esdalik nishoni topshirildi
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 29 noyabrdagi farmoyishiga binoan Konstituciyamiz qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda jonbozlik ko'rsatib kelayotgan, Bosh qomusimizning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini keng targ'ib etish ishiga munosib hissa qo'shgan bir qator yurtdoshlarimiz qatorida O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Federaciyaning bir guruh xodimlari bilan birgalikda ikki nafar FIFA referisi Valentin Kovalenko va SHerzod Qosimovlar "O'zbekiston Konstituciyasiga 25 yil" esdalik nishoni bilan taqdirlangan edi.
Valentin Kovalenko o'sha paytda SHarqiy Osiyo futbol federaciyasi (EAFF) tomonidan o'tkaziladigan terma jamoalar ishtirokidagi musobaqada ishtirok etayotgani sababli ushbu esdalik nishonini qabul qila olmagandi.
O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA referisi Valentin Kovalenkoga "O'zbekiston Konstituciyasiga 25 yil" esdalik nishonini topshirdi va hakamning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar