So’nggi yangiliklar

14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   4 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  9 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  19 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13

FIFA qaror chiqardi: "Bunyodkor" Rivaldo va Denilsonga deyarli 10 million evro to'lab beradi! Yangiliklar

FIFA qaror chiqardi: "Bunyodkor" Rivaldo va Denilsonga deyarli 10 million evro to'lab beradi!

Tashkilot o'tmishdagi ikki futbolchi va "Bunyodkor" klubi o'rtasidagi ancha yillik nizo bo'yicha o'z qarorini malum qildi.

Bu haqda Tribuna.uz sayti o'z manbasiga tayangan holda xabar berdi.

FIFA tartib-intizom qo'mitasi "Bunyodkor" klubi va jamoaning sobiq o'yinchilari Rivaldo hamda Denilson o'rtasida uzoq davom etayotgan moliyaviy tortishuv bo'yicha qaror qabul qildi.

Tribuna.uz manbasi taqdim etgan hujjatlarga ko'ra, FIFA "Bunyodkor" klubining Rivaldo oldidagi qarzdorligi – 8,1 million evro, Denilson oldidagi qarzdorlik – 1,1 million evro mablag'ni to'lash bo'yicha qarorni O'zbekiston futbol associaciyasiga yuborgan.

FIFA tartib-intizom qo'mitasi azolari 22 fevral kuni "Bunyodkor" klubi va braziliyalik o'yinchilar o'rtasidagi mazkur ish bo'yicha qarorni qabul qilgan. FIFA qarorida quyidagilar malum qilingan:

"Bunyodkor" va Rivaldo o'rtasidagi ish bo'yicha:

1. "Bunyodkor" klubi FIFA nizolarni hal qilish palatasining 2017 yil 21 sentyabrda qabul qilgan qarorini to'liq bajarmaganlikda aybdor deb topilgan. Bu Sport arbitraj sudi tomonidan 2023 yil 6 noyabrda chiqarilgan qarorda to'liq tasdiqlangan.

2. "Bunyodkor" klubi FIFA nizolarni hal qilish palatasi va CAS qaroriga ko'ra, Rivaldo Vitor Borba Ferreyrega quyidagilarni to'lashi shart:

2 489 947 evro – klub tomonidan braziliyalik futbolchiga to'lanmagan mukofot puli hamda yillik 5 foiz ustama;

5 664 000 evro – shartnoma bekor qilinishi sababli tovon puli hamda yillik 5 foiz bonus.

10 ming SHveycariya franki – arbitraj sudi jarayonida xarajatlar uchun tovon puli.

"Bunyodkor" va Denilson o'rtasidagi ish bo'yicha:

1. "Bunyodkor" klubi FIFA nizolarni hal qilish palatasining 2017 yil 21 sentyabrda qabul qilgan qarorini to'liq bajarmaganlikda aybdor deb topilgan. Bu Sport arbitraj sudi tomonidan 2023 yil 6 noyabrda chiqarilgan qarorda to'liq tasdiqlangan.

2. "Bunyodkor" klubi Denilson Martinsh Nasimentoga quyidagilarni to'lashi shart:

700 000 AQSH dollari – klub tomonidan braziliyalik futbolchiga to'lanmagan mukofot puli hamda yillik 5 foiz ustama;

400 000 AQSH dollari – kelishuv shartlari buzilganligi uchun tovon puli hamda yillik 5 foiz bonus.

10 ming SHveycariya franki – arbitraj sudi jarayonida xarajatlar uchun tovon puli.

Qayd etilishicha, FIFA tomonidan "Bunyodkor" klubiga 30 kun ichida ushbu mablag'ni to'lash muhlati berilgan. Aks holda tashkilot tomonidan tegishli choralar ko'rilishi malum qilingan.

SHuningdek, har ikki futbolchi bo'yicha "Bunyodkor" klubi 30 000 ming shveycar franki miqdorida jarimaga tortilgan.

Reyting: -35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика