FIFA prezidenti JCH-2030ni Isroil va Falastinda o'tkazishni taklif qildi
14 okt 2021 07:14
Yangiliklar
FIFA prezidenti JCH-2030ni Isroil va Falastinda o'tkazishni taklif qildi
FIFA prezidenti Janni Infantino 2030 yilgi jahon chempionatini Isroil va unga qo'shni bo'lgan mamlakatlar, jumladan Falastinda o'tkazish haqida gapirdi.
"Nima uchun jahon chempionatini Isroil va qo'shni mamlakatlarda o'tkazishni orzu qila olmaymiz?
"Avraam kelishuvi"ni inobatga olib, nima uchun jahon chempionatini Isroil va qo'shni mamlakatlardan, shu jumladan Falastinda o'tkaza olmaymiz?, - dedi Infantino Isroil bosh vaziri Naftali Benet bilan uchrashuvda.
Malumot uchun, "Avraam kelishuvi" BAA va Isroil o'rtasida munosabatlarni meyoriga kelitirish kelishuvi hisoblanadi.
Avvalroq, Infantino JCHni har ikki yilda o'tkazish g'oyasini qo'llab-quvvatlashi haqida gapirgandi.
Fikrlar