FIFA prezidenti Eronda futzal o'ynaydi
28 fev 2018 17:48
Yangiliklar


FIFA prezidenti Eronda futzal o'ynaydi
FIFA prezidenti Janni Infantino 1 mart kuni Eron poytaxti Tehronga tashrif buyuradi.
Tashrifdan ko'zlangan maqsad, mamlakat futboli bilan yaqindan tanishishdir. Qolaversa, FIFA prezidenti tashrif mobaynida Eron futboli yulduzlari Ali Dayi, Xodadad Azizi, Mehdi Mahdavikiya, Karim Bageri, Sirus Dinmuhammadi, Javod Nekunam, Farhad Majidi, Hamid Estili kabilar bilan futzal o'ynaydi.
Janni Infantino shuningdek, "Persepolis" va "Istiqlol" o'rtasida bo'lib o'tadigan Tehron derbisiga tashrif buyuradi. Bundan tashqari, FIFA rahbari Eron futbolining 100 yilligiga bag'ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi. Infantinoning shuningdek, Eron prezidenti Hassan Ruhoniy bilan ham uchrashuvi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar