FIFA “Nasaf”ga transfer taqiqi belgiladi
09 dek 2021 12:17
Yangiliklar
FIFA “Nasaf”ga transfer taqiqi belgiladi
Joriy yilning 7 oktyabr kuni FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Nasaf” futbol klubi va franciyalik futbolchi Abdelae Diakite o'rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqargan edi.
Unda ko'rsatilishicha, “Nasaf” futbolchi bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmagan.
SHu sababli futbolchi FIFAga murojaat qilgan va yakunda FIFA “Nasaf” futbol klubi zimmasiga belgilangan qarzdorlik va jarima to'lovlarini 45 kun mobaynida to'lashi lozim ekani, agar mazkur majburiyatlar klub tomonidan o'z vaqtida bajarilishi taminlanmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqiyosda yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq qo'yilishi haqida ogohlantirish bergan.
Bugun FIFA 45 kunlik muddat yakuniga etganini inobatga olib, “Nasaf”ga transfer taqiqi qo'ydi. Endi klub qishki transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni o'z safiga qo'shib olish uchun, mazkur nizoli vaziyatni hal etishi lozim bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar