So’nggi yangiliklar

03:30Евро-2004. Учар ликопчага қиёсланган тўп, инглизни пичоқлаган Вадим Абрамов, келишилган ўйин, қўлқопсиз пенальти қайтарган дарвозабон ҳамда допинг билан турнирнинг энг яхши ўйинчисига айланган футболчи ҳақида ҳикоя қиламиз  0 00:55"Барселона" Нико Уильямс трансфери ўхшамаса, кимни сотиб олиши маълум  0 00:27Пальинья "Бавария" билан тўрт йиллик шартнома имзолайди. Трансфер нархи ҳам маълум (Фабрицио Романо)  0 00:05Ўзбекистон кубоги. "Машъал" – "Қизилқум" 1:3. Highlights  0 23:39Расман: Пётр Зелиньски – "Интер" футболчиси!  2 23:05Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" "Машъал"ни қўшимча бўлимларда мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  8 22:43Евро-2024. Чорак финалнинг иккала марказий ўйинини англиялик ҳакамлар бошқаради  1 21:52"Манчестер Юнайтед" тахминан 250 нафар ходимини ишдан бўшатади. Тежалган пул эса...  9 21:22Нимели Ўзбекистонда қолмайдиган бўлди  11 20:57Эшитдик-да! "Сурхон" ҳужумчиси "Пахтакор"га ўтди  13 19:30Ўзбекистон U-23 терма жамоаси билан Осиё Кубогида қатнашган қайси футболчилар Олимпиадага бормайди?  33 19:05"Марсель" Канада терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолади  0 18:42"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди. Ҳожимат Эркинов Олимпиада учун қайдномадан ўрин олмади  49 18:27"Рубин" футболчиси билан шартномани бекор қилди  0 18:19Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Олимпиадада иштирок этадиган таркиби эълон қилинди!  93

FIFA kunlaridan kim qanday foydalandi? Yangiliklar

FIFA kunlaridan kim qanday foydalandi?

Sentyabr oyidagi FIFA kunlari ortda qoldi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga safar uyushtirib, Kamerun va Kosta Rika bilan o'ynab qaytdi. Har ikki jamoaning jahon chempionatiga chiqqanini hisobga olsak, bu jamoalarga qarshi maydonga tushish koni foyda bo'ldi. 

FIFA kunlaridan Osiyoning boshqa jamoalari ham unumli foydalanishga harakat qildi. Albatta, etibor birinchi navbatda JCH-2022da qatnashadigan terma jamoalar o'yiniga qaratildi. Xabaringiz bor, Qatarda bo'lib o'tadigan mundialda Osiyo sharafini oltita terma jamoa himoya qiladi.

Mezbon Qatardan tashqari Avstraliya, Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistonining qanday o'yin namoyish etishi ko'pchilikka qiziq bo'ladi. FIFA kunlarida oltita terma jamoa ham ikkitadan o'yin o'tkazdi.

AVSTRALIYA

Grem Arnold boshchiligidagi Avstraliya terma jamoasining har ikki o'rtoqlik uchrashuvi Yangi Zelandiya bilan kechdi. Brisben shahridagi markaziy stadionda ham, Oklendda bo'lib o'tgan ikkinchi bellashuvda ham Avstraliya raqibidan ustun keldi. Etiborlisi, bu bahslarda "kengurular" o'z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishdi. 

22 sentyabr. Avstraliya - Yangi Zelandiya 1:0

Gol: Aver Maabil

25 sentyabr. Avstraliya - Yangi Zelandiya 2:0

Gollar: Mitchel Dyuk, Jeyson Kammings.


ERON

JCHga puxta tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilgan Eron Avstriyada yig'in o'tkazib, yig'in doirasida Urugvay va Senegalga qarshi bahs olib bordi. Bu o'yinlarda forslar bir g'alaba va bir durang qayd etishdi. Karlush Keyrush shogirdlari Urugvaydan kichik hisobda ustun kelib, Senegal bilan 1:1 hisobini qayd etishdi. 

23 sentyabr. Eron - Urugvay 1:0

Gol: Mehdi Taremi

27 sentyabr. Eron - Senegal 1:1

Gol: Sardor Azmun


YAPONIYA

Yaponiya terma jamoasi avvaliga AQSH bilan o'ynab 2:0 hisobida zafar quchdi. So'ngra Ekvadorga qarshi bahsda hisob ochilmadi. Bu o'yinlarda Yaponiya o'z darvozasidan gol o'tkazmadi. 

23 sentyabr. Yaponiya - AQSH 2:0

Gollar: Daichi Kamada, Kaoru Mitoma.

27 sentyabr. Yaponiya - Ekvador 0:0


JANUBIY KOREYA

Janubiy Koreya har ikki o'rtoqlik uchrashuvini o'z maydonida o'tkazib, dastlab Kosta Rika bilan durang qayd etdi. So'ngra Kamerun terma jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etdi. Ushbu bellashuvlarda koreyaliklar etakchisi Son Xyong Min o'zini ko'rsatib, raqiblar darvozasiga bittadan to'p kiritdi. O'z tarixida ketma-ket 10-marta jahon chempionatida qatnashadigan Janubiy Koreya mundialga jiddiy hozirlik ko'rmoqda. 

23 sentyabr. Janubiy Koreya - Kosta Rika 2:2

Gollar: Xvang Xi CHan, Son Xyong Min. 

27 sentyabr. Janubiy Koreya - Kamerun 1:0

Gol: Son Xyong Min


SAUDIYA ARABISTONI

Sentyabr oyidagi o'quv-mashg'ulotlarni Ispaniyada olib borgan Saudiya Arabistoni terma jamoasi Ekvador va AQSHga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, har ikkala bahsni 0:0 hisobida yakunladi. Bu o'yinlarda Erve Renar shogirdlari orasida raqib darvozasiga to'p kiritadigan futbolchi topilmadi.

23 sentyabr. Saudiya Arabistoni - Ekvador 0:0

27 sentyabr. Saudiya Arabistoni - AQSH 0:0


QATAR

Qatar imkon bo'ldi deguncha faqat kuchlilar bilan o'ynayapti. Bu esa mundial payti foyda bersa ajab emas. Avstriyada mashg'ulot olib borgan qatarliklar Kanada va CHiliga qarshi maydonga tushishdi. Qatar birinchi o'yinda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, CHili bilan bahsda durang qayd etdi.

23 sentyabr. Qatar - Kanada 0:2

27 sentyabr. Qatar - CHili 2:2

Gollar: Akram Afif, Hassan Al Haydos


O'ZBEKISTON

SHu o'rinda O'zbekiston terma jamoasiga ham to'xtalmasak bo'lmaydi. Kelasi yil bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga hozirlik ko'rayotgan terma jamoamiz Janubiy Koreyada ikkita o'yin o'tkazib qaytdi. Kamerunni ishonch bilan mag'lub etganimiz qanchalik quvontirgan bo'lsa, Kosta Rika bilan bahsning oxirida o'tkazib yuborilgan ikkita gol va yakuniy mag'lubiyat dilni shunchalik xira qildi. 

Lekin baribir JCHga chiqqan jamoalar bilan o'ynaganimiz yaxshi bo'ldi. Bunday bellashuvlar doim dars beradi. Va muhimi, bu erda natija emas, balki jamoaning qandayligini ko'rib olish. Ko'rdik, Eldor SHomurodov terma jamoani ancha sog'inibdi. U har ikki bellashuvda borini berib harakat qildi. O'rtoqlik o'yinlaridan eng ko'p xulosa chiqaradigan kishi bosh murabbiy Srechko Katanecdir. Sloveniyalik murabbiy hozircha chakki ish olib bormayapti. 

23 sentyabr. Kamerun - O'zbekiston 0:2

Gollar: Hojimat Erkinov, Oston O'runov.

27 sentyabr. O'zbekiston - Kosta Rika 1:2

Gol: Eldor SHomurodov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика