So’nggi yangiliklar

17:04"Бухоро" 29 йиллик нохуш анъанасига чек қўядими?  0 16:38"Бруну Фернандеш сотилмайди". Рубен Аморим — "Ал Ҳилол"нинг қизиқиши ҳақида  1 16:10Суперлига. “Қўқон-1912” — ОКМК. Асосий таркиблар маълум  4 16:10Камолиддин Мурзоев "Насаф" - "Бунёдкор" учрашуви олдидан нима деди?  0 15:48"Бизга учта ғалаба керак ва жамоамиз ЕЧЛда бўлади" — Пеп Гвардиола  5 15:20"Қўқон-1912" стадиони ОКМК билан беллашувга тайёр!  9 14:55"Ньюкасл" эмблемасини янгиламоқчи  3 14:27"Хаби билан бутун футбол оламини ҳайратга солган жамоани шакллантирдик" — "Байер" спорт директори   1 14:00"Сурхон"нинг голида офсайд қайд этилишича ёрдамчи ҳакамнинг қарорига таянилган, VAR'да эса тасвирлар етарли бўлмаган — Эксперт ҳакамлар қўмитаси  25 13:31"Манчестер Юнайтед" тажрибали дарвозабон билан шартномани узайтирмоқчи  0 13:03"Барса" етакчилари Араухонинг "Реал"га қарши ўйнашига қарши  21 12:37Ким чемпион? Гёкереш ёки Ди Мария? Бугун Португалияда мавсум ўйини бор  4 12:17Ямаль машҳур бренднинг элчиси бўлди  3 11:49Рафаэл Леау АПЛнинг топ-клублари диққат марказида  0 11:20Ички ҳиссиёт. "Насаф" бугун Қаршида очко йўқотади(ми)?  19

FIFA kunlari tugadi, hamma "o'z uyiga" Yangiliklar

FIFA kunlari tugadi, hamma "o'z uyiga"

Oktyabr oyidagi FIFA kunlari o'z nihoyasiga etdi. Endilikda yaqin 25 kun mobaynida yana klublar o'rtasidagi bahslarni ko'ramiz.

Navbatdagi FIFA kunlari 11-19 noyabrga belgilangan bo'lib, O'zbekiston milliy terma jamoasi kelasi oy ham ikkita rasmiy bahsda maydonga tushadi. JCH saralash bosqichidan o'rin olgan har ikki bellashuvni safarda o'tkazamiz.

Avvaliga 14 noyabr kuni Dohada Qatar mehmoni bo'lsak, 19 noyabr kuni Laosda KXDR termasiga qarshi maydonga tushamiz. Bu o'yinlarga qadar futbolchilarimizning zo'r formada bo'lishi va imkon qadar jarohat olmasligi talab etiladi. Jahon chempionatiga borish uchun ishlarimiz chakki emas, shu bois buyog'iga terma jamoaning har bir azosi biz uchun qadrli.

Futbolchilarimiz yaxshi formada qaytishi uchun o'z klublarida ko'proq o'yinlarda maydonga tushishi kerak bo'ladi. Quyida 11 noyabrga qadar legionerlarimiz klublari qaysi o'yinlarda ishtirok etishi haqida malumot keltiramiz.

Eldor SHomurodov ("Roma"/Italiya)

Terma jamoamiz sardori Eldor SHomurodov jamoasi 11 noyabrga qadar 7ta o'yin o'tkazadi. 20 oktyabr kuni Rimga "Milan" tashrif buyuradi va bu o'yin ancha qiziq kechishi shubhasiz. Bundan tashqari "Roma"ning Evropa Ligasidan o'rin olgan ikkita o'yini ham bor. Umid qilamizki, SHomurodov bu o'yinlarda o'zini ko'rsatadi.

20 oktyabr. "Roma" - "Milan"
24 oktyabr. "Roma" - "Dinamo" Kiev
28 oktyabr. "Fiorentina" - "Roma"
1 noyabr. "Roma" - "Torino"
3 noyabr. "Verona" - "Roma"
7 noyabr. "Yunion" - "Roma"
10 noyabr. "Roma" - "Bolonya"




Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol"/Eron)

Eronning "Istiqlol" klubi keyingi FIFA kunigacha 6ta bahsda maydonga tushadi. Milliy chempionatdan tashqari jamoa Osiyo chempionlar Ligasi Elitda ham o'ynaydi. "Istiqlol"ni Saudiya Arabistonining "Al Nassr" va "Al Hilol" klublariga qarshi qiyin bellashuv kutib turibdi. Masharipov bu o'yinlarda ham ishtirok etib, o'zini ko'rsatadi degan umiddamiz.

18 oktyabr. "Istiqlol" - "Zob Ahan"
22 oktyabr. "Istiqlol" - "Al Nassr"
26 oktyabr. "Xeybar" - "Istiqlol"
31 oktyabr. "Istiqlol" - "Traktor"
4 noyabr. "Al Hilol" - "Istiqlol"
9 noyabr. "Istiqlol" - "Mes Rafsanjan"

Hojimat Erkinov ("Al Vahda"/BAA)

Hojimat Erkinov jamoasi "Al Vahda" xalqaro musobaqalarda ishtirok etmayapti, shu bois faqat ichki o'yinlarda ishtirok etadi. "Al Vahda" uch bor chempionat doirasida maydonga tushsa, ertaga bo'lib o'tadigan "Al Vasl" bilan bahs Kubok doirasida kechadi.

18 oktyabr. "Al Vasl" - "Al Vahda"
25 oktyabr. "Al Vahda" - "Kalba"
1 nobr. "Al Nasr" - "Al Vahda"
9 noyabr. "Al Vahda" - "Al Vasl"

Abbosbek Fayzullaev (CSKA/Rossiya)

CSKA 11 noyabrga qadar 5ta rasmiy o'yin o'tkazadi. Abbos Fayzullaev allaqachon CSKAning etakchi o'yinchilaridan biriga aylanib bo'ldi. Buyog'iga har bir uchrashuvda o'zini namoyon etish qolyapti.

19 oktyabr. "Dinamo Maxachkala" - CSKA
22 oktyabr. CSKA - "Axmat"
26 oktyabr. CSKA - "Fakel"
2 noyabr. CSKA - "Spartak"
10 noyabr. "Krilya Sovetov" - CSKA




Oston O'runov ("Persepolis"/Eron)

Jarohati sabab terma jamoamiz safidagi o'yinlarni o'tkazib yuborgan Oston O'runov o'z klubi tarkibida maydonga tushadimi-yo'qmi, hozircha bir narsa deyish qiyin. SHunisi aniqki, "Persepolis" 11 noyabrga qadar beshta o'yin o'tkazadi. Va shulardan ikkitasi OCHL Elit hisoblanadi. O'runovga tezroq shifo topishini tilab qolamiz.

21 oktyabr. "Al Sadd" - "Persepolis"
26 oktyabr. "Persepolis" - "SHams Azar"
30 oktyabr. "Istiqlol Xuzestan" - "Persepolis"
4 noyabr. "Persepolis" - "Al Garafa"
9 noyabr. "Gol Gohar" - "Persepolis"

Aziz Turg'unboev ("Sivasspor"/Turkiya)

BAAga qarshi harakat qilgan Aziz Turg'unboev Turkiyaga qaytgach, jamoasi 4ta o'yinda maydonga tushadi. Biz uchun 2 noyabr kuni bo'lib o'tadigan bahs muhim ahamiyatga ega, chunki shu kuni "Sivasspor" Husniddin Aliqulov to'p tepayotgan "Rizespor"ni qabul qiladi.

20 oktyabr. "Sivasspor" - "Xatayspor"
25 oktyabr. "Adana Demirspor" - "Sivasspor"
02 noyabr. "Sivasspor" - "Rizespor"
10 noyabr. "Fenerbahche" - "Sivasspor"

Otabek SHukurov ("Al Fayha"/Saudiya Arabistoni)

Otabek SHukurov harakat qilayotgan "Al Fayha" navbatdagi FIFA kunlariga qadar 5ta o'yin o'tkazadi. SHundan bittasi - "Al Arabi" bilan kechadigan o'yin Qirol Kubogi doirasida kechsa, qolgan o'yinlar Saudiya Pro Ligasi bahslari hisoblanadi.

18 oktyabr. "Al Hilol" - "Al Fayha"
26 oktyabr. "Al Fayha" - "Al Ettifaq"
29 oktyabr. "Al Fayha" - "Al Arabi"
02 noyabr. "Al Fateh" - "Al Fayla"
07 noyabr. "Al Qadsiya" - "Al Fayha"




Rustam Ashurmatov ("Rubin"/Rossiya)

Rustam Ashurmatov ham jarohati sabab terma jamoamiz o'yinlarida qatnasha olmadi. Lekin umid qilamizki, u ham tezda sog'ayib o'z klubidagi o'yinlarda maydonga tushadi. "Rubin" 11 noyabrga qadar beshta uchrashuv o'tkazadi.

20 oktyabr. "Rubin" - "Dinamo"
23 oktyabr. "Akron" - "Rubin"
27 oktyabr. "Orenburg" - "Rubin"
02 noyabr. "Lokomotiv" - "Rubin"
10 noyabr. "Rubin" - "Krasnodar"

Umar Eshmurodov ("Selangor"/Malayziya)

Umar Eshmurodovni Malayziya chempionatidagi bahslardan tashqari Osiyo chempionlar Ligasi 2 musobaqasida ham ikkita o'yin kutmoqda. Bu o'yinlar 23 oktyabr va 7 noyabr kunlari Janubiy Koreyaning "CHonbuk Motors" klubiga qarshi kechadi.

19 oktyabr. PDRM - "Selangor"
23 oktyabr. "Selangor" - "CHonbuk Motors"
27 oktyabr. "Selangor" - "Johor Darul Tazim"
02 noyabr. "Kedah" - "Selangor"
07 noyabr. "CHonbuk Motors" - "Selangor"

Husniddin Aliqulov ("Rizespor"/Turkiya)

"Rizespor"ning taqvimga ko'ra 3ta o'yinda maydonga tushishi belgilab qo'yilgan. Bu o'yinlarda ham Husniddin Aliqulov o'zini ko'rsatadi degan umiddamiz. Va albatta asosiy etibor 2 noyabr kuni Aziz Turg'unboev jamoasi bilan kechadigan bahsga qaratiladi.

21 oktyabr. "Bodrum" - "Rizespor"
02 noyabr. "Sivasspor" - "Rizespor"
09 noyabr. "Rizespor" - "Trabzonspor"




Abduqodir Husanov ("Lans"/Franciya)

PSJga qarshi kim o'ynashni istamaydi deysiz. "Park de Prens"dagi muhitni aytmaysizmi? Abduqodir Husanovda shunday imkoniyat bor. CHunki uning klubi "Lans" 2 noyabr kuni PSJ mehmoni bo'ladi. Umuman olganda "Lans" keyingi FIFA kunlariga qadar 4ta o'yinda ishtirok etadi.

19 oktyabr. "Sent-Etenn" - "Lans"
27 oktyabr. "Lans" - "Lill"
02 noyabr. PSJ - "Lans"
09 noyabr. "Lans" - "Nant"

O'tkir Yusupov ("Fulad"/Eron)

Terma jamoamiz asosiy posboni O'tkir Yusupov jamoasi "Fulad" yaqin 25 kun ichida uchta bellashuvda maydonga tushadi. O'ylaymizki, bungacha davom etib kelayotgani kabi keyingi o'yinlarda ham O'tkir "Fulad" darvozasini qo'riqlaydi.

20 oktyabr. "Alyuminium" - "Fulad"
27 oktyabr. "Fulad" - "Sepaxan"
01 noyabr. "Gol Gohar" - "Fulad"


X.Xoliqov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика